155
𝑅𝐼𝑆𝐾
=
𝑇𝑎ℎ𝑑𝑖𝑑
×
𝑍𝑎𝑖𝑓𝑙𝑖𝑘
×
𝑇𝑎
’
𝑠𝑖𝑟
.
Boshqa tomondan, hodisaning axborot texnologiyalari aktiviga
ta’siri – aktivdagi yoki manfaatdor tomonlar uchun aktivning
qiymatidagi zaiflikning natijasi, ya’ni:
𝑅𝐼𝑆𝐾
=
𝑇𝑎ℎ𝑑𝑖𝑑
×
𝑍𝑎𝑖𝑓𝑙𝑖𝑘
×
𝐴𝑘𝑡𝑖𝑣
𝑞𝑖𝑦𝑚𝑎𝑡𝑖
.
Risk o‘zida quyidagi ikkita omilni mujassamlashtiradi:
-
zararli hodisaning yuzaga
kelishi ehtimoli;
-
va zararli hodisa oqibatlarining ehtimoli.
Risk ta’siri.
Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha
narxiga yoki kutilgan qiymatga ta’sir etadi. Risk ta’siri tashkilot, jarayon
yoki tizimga zararli muhit sababli yuzaga keladi. Ta’sir riskning
kuzatilishi ehtimoli jiddiyligini ko‘rsatadi.
Risk chastotasi.
Riskni aniqlash va
baholash nuqtai nazaridan
risklarni tasniflashda ularning takrorlanish chastotasiga va ko‘p
sonliligiga asoslanadi. Chastota va ko‘p sonlilik risklarni
monitoringlashda muhim hususiyat hisoblanib, risklar ikki guruhga:
minor risklar –
e’tibor talab qilmaydigan va
major risklar –
alohida
e’tibor va kuzatuv talab qiluvchilarga ajratiladi.
Risk darajasi.
Risk darajasi tarmoqga (yoki tizimga) natijaviy
ta’sirning bahosi bo‘lib, quyidagi tenglik bilan ifodalanadi:
𝑅𝑖𝑠𝑘
𝑑𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑠𝑖
=
𝑛𝑎𝑡𝑖𝑗𝑎
×
𝑒ℎ𝑡𝑖𝑚𝑜𝑙𝑙𝑖𝑘
.
Risk darajalari 4 ta: ekstremal yuqori, yuqori, o‘rta va past.
Ekstremal yuqori
yoki
yuqori
risk paydo bo‘lishini va salbiy
ta’sirini kamaytirish maxsus yo‘naltirilgan qarshi choralarni talab etadi.
Bu darajadagi risklar yuqori yoki o‘rtacha ta’sirning yuqori
ehtimolligiga ega bo‘ladi. Mazkur darajadagi risklar jiddiy xavfga sabab
bo‘ladi va shuning uchun, zudlik bilan
aniqlash hamda qarshi chora
ko‘rish talab etiladi.
O‘rta darajali risklar
yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa
yoki past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo‘lishi mumkin.
Alohida qaralganida, yuqori ehtimollikka
ega past natijali hodisalar
loyiha narxiga yoki kutilgan natijaga kam ta’sir qiladi. Past ehtimollikka
ega yuqori natijali hodisalar doimiy monitoringni talab etadi. O‘rta
156
darajali risklarga zudlik bilan chora ko‘rish talab etilmasada, himoyani
dastlabki vaqtda o‘rnatish talab etiladi.
Past darajali risklar
odatda e’tibor bermasa bo‘ladigan yoki
keyingi baholashlarda e’tibor bersa bo‘ladigan risklar toifasi bo‘lib,
ularni bartaraf etish qisqa muddatda amalga
oshirilishni talab qilmaydi
yoki ortiqcha sarf xarajatga sabab bo‘lmaydi.
Risk matritsasi
risklarni paydo bo‘lish ehtimolini ularning natijasi
va ta’siri orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va
unga qarshi himoya
chorasi sathini grafik taqdim etadi. Risk matritsasi riskning ortib
boruvchi ko‘rinishi uchun foydalaniluvchi sodda jarayon bo‘lib, qarshi
choralarni ko‘rishda yordam beradi. Risk matritsasi risklarni turli
darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan guruhlash imkonini
beradi
(5.4-jadval).
5.4-jadval
Dostları ilə paylaş: