4
Ikkinchi bob kiberxavfsizlikning fundamental masalalariga
bag‘ishlangan, hamda kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va
siyosatini amalga oshirish tartibi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda axborotning kriptografik himoyasi doirasidagi
asosiy
tushunchalar, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli
kriptotizimlar, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash usullari, disklarni va
fayllarni shifrlash hamda ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari ko‘rib
chiqilgan.
Qo‘llanmaning to‘rtinchi bobi foydalanishlarni nazoratlashga
bag‘ishlangan bo‘lib, autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni fizik va
mantiqiy boshqarish usullari keltirilgan. Amalda keng qo‘llanilayotgan
mantiqiy foydalanishlarni boshqarish modellari va ulardan foydalanish
bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Beshinchi bob tarmoq xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
tarmoqda mavjud bo‘lgan xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf
etishda tarmoqlararo ekrandan, virtual himoyalangan tarmoqdan va
boshqa vositalardan foydalanish masalalari keltirilgan. Bundan tashqari,
simsiz tarmoqlarda xavfsizlik muammolari va risklarni boshqarish
masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Oltinchi bobda tizimning foydalanuvchanlik xususiyati va uning
tizim uchun muhimligi, ma‘lumotlarni zaxira nusxalash va qayta tiklash
usullari xususida ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi
uchun audit muolajasi muhim hisoblangani bois, Windows OT uchun
hodisalarni qaydlash tartibi bilan tanishib chiqiladi.
Yettinchi bob dasturiy vositalar xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib,
dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan
fundamental tamoyillar bayon etilgan. Vazifasi tizimga ziyon yetkazish
uchun yaratilgan zararli dasturiy vositalar, ularning tahlili va zamonaviy
antivirus dasturiy vositalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: