Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

 
6.2. Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari 
 
Aksariyat tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID texnologiyasi 
asosida zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID texnologiyasida 
ma’lumotlar bir qancha disklarning turli sohalarida saqlangani bois, IO 
(kirish/ chiqish) amallarining bajarilishi osonlashadi. RAID 
texnologiyasi ko‘plab qattiq disklarni bitta mantiqiy disk sifatida 
o‘rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya disklar massivi bo‘ylab bir 
xil ma’lumotlarni muvozanatlashgan shaklda saqlash imkoniyatini 
beradi. Ushbu texnologiya odatda serverlarda ma’lumotlarni saqlashga 
mo‘ljallangan, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish zaruriyati mavjud 
emas.
RAID texnologiyasida amallarni samarali bajarish uchun 6 ta sath 
mavjud: RAID 0, RAID 1, RAID 3, RAID 5, RAID 10 va RAID 50. 
RAIDning har bir sathi quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
xatoga bardoshlilik: 
agar biror disk ishlashdan to‘xtasa, boshqa 
disklar normal ishlashini davom ettiradi;
 
-
unumdorlik: 
RAID ko‘plab disklar bo‘ylab o‘qish va yozishda 
yuqori unumdorlik darajasiga ega.
 
Disklarning ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini 
tanlashga asoslanadi. Saqlash hajmi individual RAID disklar 
o‘lchamining bir xil bo‘lishini talab etmaydi. Barcha RAID sathlari 
quyidagi saqlash usullariga asoslanadi: 
-
bloklash: 
ma’lumotlar ko‘plab bloklarga ajratiladi. Mazkur 
bloklar keyinchalik RAID tizimi orqali yoziladi. Bloklash ma’lumotlarni 
saqlanishini yaxshilaydi. 
-
akslantirish:
akslantirish ma’lumotlarning nusxalanishini va 
RAID bo‘ylab uzluksiz saqlanishini amalga oshiradi. Bu usul xatoga 
bardoshli va amalga oshirilishining yuqori darajasiga ega. 


170 
-
nazorat qiymati:
nazorat qiymati ma’lumotlar bloki yaxlitligini 
tekshirish funksiyasini amalga oshirishda bloklash funksiyasidan 
foydalanadi. Disk buzilganida nazorat qiymati xatolikni tuzatish 
funksiyasi yordamida ma’lumotlarni tiklashga harakat qiladi. 
RAID tizimlari sathga bog‘liq holda o‘ziga xos afzalliklar va 
kamchiliklarga ega. 
RAID tizimlarining afzalliklari: 
Unumdorlik va ishonchlilik: 
RAID texnologiyasi disklarda 
ma’lumotlarni o‘qish va yozish unumdorligini oshiradi. Ushbu 
texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali unumdorlikni yaxshilaydi va 
jarayon tezligi, yagona diskda ma’lumotlarni saqlashga qaraganda
yuqori bo‘ladi.
Xatolikni nazoratlash: 
buzilgan diskda saqlangan ma’lumotlarni 
qolgan diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash orqali ularni tiklashni yoki 
tuzatishni amalga oshiradi.
Ma’lumotlar ortiqchaligi (ma’lumotlarni nusxalash): 
diskning 
buzilishi istalgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. RAID texnologiyasi 
qurilma buzilganida ma’lumotlarni nusxalash orqali uning qayta 
tiklanishini ta’minlaydi. 
Disklarni navbatlanishi: 
ma’lumotlarni o‘qish/ yozish 
unumdorligini oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo‘laklarga bo‘linib, bir 
qancha disklar bo‘ylab tarqatiladi. RAID tizimida ma’lumotlarni o‘qish 
va yozish bir vaqtda bajariladi. 
Tizimning ishlash davomiyligi: 
ushbu o‘lchov kompyuterning 
ishonchligini va barqarorligini belgilaydi. Tizimning ishlash davomiyligi 
tizimning avtomatik ishlash vaqtini belgilaydi.
RAID tizimlarining kamchiliklari: 
Tarmoq drayverlarini yozish: 
RAID texnologiyasi asosan 
serverlarda foydalanish uchun loyihalangani bois, uning asosiy 
kamchiligi - barcha tarmoq drayverlarini yozish. 
Mos kelmaslik: 
tizimlar turli RAID drayverlarini madadlaydi. 
Muayyan apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID 
tizimi bilan mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimining 
o‘z vazifasini to‘g‘ri amalga oshirilmasligiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumotlarning yo‘qolishi: 
RAID drayverlari mexanik 
muammolar tufayli o‘z funksiyalarini bajara olmasliklari mumkin. 
Disklar ketma-ket buzilishga uchraganida ma’lumotlarning yo‘qolishi 
xavfi ortadi.


171 
Qayta tiklashning uzoq vaqti: 
katta hajmli disklardan foydalanish 
ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli 
disklarda ma’lumotlarni tiklash va buzilgan disklarni qayta sozlash uzoq 
vaqt talab etadi.
Narxining yuqoriligi: 
RAID texnologiyasini amalga oshirish 
iqtisodiy jihatdan katta mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari, tizim 
ishini yaxshilash uchun qo‘shimcha RAID kontrollerlarini va qurilma 
drayverlarini sotib olish talab etiladi.
Mos RAID sathini tanlash tashkilot zaruriyatidan kelib chiqqan 
holda va har bir sathning taqdim qilayotgan imkoniyatlariga asoslanishi 
zarur. RAID sathini tanlashda ularni xususiyatlariga ham e’tibor berish 
talab etiladi (6.1-jadval). 
6.1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin