Sizning uzoq masofadagi omborlaringizga Push komandasini ishlatish Qachon siz o'zingizni qilgan ishlaringizni boshqalar bilan ulashmoqchi bo'lsangiz ularni asosiy ma'lumotlar omboriga yuborishingiz (push) kerak. Ushbu amallar uchun komanda juda oddiy: git push [uzoq masofadagi server] [tarmoq]. Sizni master tarmog'ingizda qilgan ishlaringizni origin serveriga jo'natishingiz uchun (takrorlab o'tamiz, klonlashtirish qoidaga asosan ushbu ikki nomni avtomatik tarzda sozlab qo'yadi) quyidagi komandalarni bajarishingiz mumkin:
$ git push origin master
Ushbu komanda siz klonlashtirib olgan uzoq masofadagi omborga yozish huquqingiz bor bo'lsa va shu vaqtga qadar hech kim push komandasini ishlatmagan bo'lsa ishlaydi. Agar siz va boshqa birov bir vaqtda omborni klonlashtirib olib, so'ngra u push komandasini bajarsa va shundan so'ng siz ham push komandasini bajarmoqchi bo'lsangiz sizni komandangiz inkor qilinadi. Siz avval (pull) komandasini bajarib o'zgarishlarni o'zingizni omboringizga birlashtirishingiz kerak bo'ladi. Faqat shundan so'ng sizga push komandasini bajarishga ruhsat beriladi. Git da tarmoqlanishbo'limga qarang agarda uzoq masofadagi serverga ma'lumotlarni jo'natish haqida batafsilroq ma'lumot olishni xohlasangiz.
Uzoq masofadagi omborlarni nazorat qilish Agar siz biror uzoq masofadagi ombor haqida ko'proq ma'lumot olishni istasangiz siz quyidagi komandani bajarishingiz mumkin: git remote show [uzoq masofadagi server] command. Agar siz ushbu komandani biror bir nom bilan bajarsangiz, masalan, origin bilan siz quyidagi kabi natijani olasiz:
$ git remote show origin
* remote origin
Fetch URL: https://github.com/schacon/ticgit
Push URL: https://github.com/schacon/ticgit
HEAD branch: master Remote branches:
master tracked
dev-branch tracked
Local branch configured for 'git pull':
master merges with remote master Local ref configured for 'git push':