C++ tilida stekni statik ko’rinishda, ya’ni bir o’lchamli massiv ko’rinishida amalga oshirishga misol: Masalaning qo’yilishi: Elementlari butun sonlardan iborat stekning juft qiymatli elementlari o’chirilsin. Aytaylik, stek uchun 10 ta joy ajratilgan bo’lsin, bunda dastlab stek bo’shligi sababli R=0 bo’ladi. Stekga yangi element qo’shish va chiqarish, stek bo’shligini va to’laligini tekshirish funksiyalaridan foydalanib shu masalani yechamiz.
Algoritm 1. Agar stek to’lmagan bo’lsa elementlarni kiritamiz. Stekning toq elementlarini saqlab turish uchun yangi b[] massiv e’lon qilamiz.
2. Agar stek bo’sh bo’lmasa, 3-qadamga o’tish, aks holda 4-qadamga o’tish.
3. Stek uchidagi elementni olamiz va juftlikka tekshiramiz. Agar element toq bo’lsa b massivga joylaymiz. 2-qadamga o’tish.
4. b massiv elementlarini teskari tartibda stekka joylash.
5. Stek tarkibini ekranga chiqarish.
natijaviy stek elementlari: 11 9 7 Deklar Dek so’zi (DEQ - Double Ended Queue) ingliz tilidan olingan bo’lib 2 ta chetga ega navbat degan ma’noni bildiradi. Dekning o’ziga xos xususiyati shuki, unga elementlar har ikkala tomondan – chapdan va o’ng tomondan kiritilishi va chiqarilishi mumkin (3-rasm).