Hayitov B.Y. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Dasturiy
injiniring” kafedrasi assistenti
Abloqulov K.B.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Dasturiy
injiniring” kafedrasi assistenti
Taqrizchi: Uzoqov.Z Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi dotsenti.
“Kompyuter injiniringi”
fakulteti dekani: 2021 yil “____” __________________ __________ Sh.X.Rustamov
“Dasturiy injiniring”
kafedrasi mudiri: 2021 yil “____” __________________ __________ B.N.Nosirov
O’quv – uslubiy bo’lim boshlig’i: 2021 yil “___” _______________ __________ S.J.Yaxyayev O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta'limdagi o'rni
Bakalavriat bosqichidagi talabalarning ilmiy-texnikaviy dunyoqarashini shakllantirish, zamonaviy texnika vositalari bilan tanishtirish hamda undan foydalanishga zamin yaratish uchun ularga matematik fanlarni o'rgatish talab qilinadi. Jumladan, diskret tuzilmalar fanini o'qitish bugungi kun talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda muhim hisoblanadi. Dastur diskret tuzilmalar kursi qismlari va mavzularining asosiy mazmunlarini o'z ichiga oladi hamda fan bo'yicha mavzularning izchilligi va to'laligini ta'minlaydi. Diskret tuzilmalar fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bakalavriat 2-kurs talabalariga o'qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan “Ehtimollar nazariyasi va matematik statictika”, “Matematik modellashtirish”, “Sxemotexnika”, “Raqamli qurilmalarning matematik va mantiqiy asoslari”, “Axborot xavfsizligi”, “Mobil aloqa tizimlari” kabi fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o'z rivojida ushbu fanlar uchun zamin bo'lib xizmat qiladi.
Fan dasturi “Ta'lim to'g'risida"gi hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ravishda tuzildi. Ushbu dastur ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo'lgan talablarga muvofiq tuzilgan.