Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə20/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Telekommunikatsiya tizimlari aloqa yo'llari bilan tutashgan va odamlar guruhi ichida bir paytda axborot almashish uchun mo'ljal- langan texnik vositalami namoyon etadi. Telekonferensiyalar ikki alohida turga — kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonfe- rensiyalaiga ajraladi. Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo'lgan ishtirokchilarga bir-birini ko'rish va eshitish imkonini beradiki, bu hoi xuddi bir joyda mavjud bo'lish tasavvurini uyg'otadi. Aloqa uchun mo'ljallangan umumiy telefon liniyalari yoki to'laqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksil, optik tolali liniyalardan foydalanilishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish kompyuterlashgan te- lekonferensiyalaming keng rasm bo'lishiga olib keladi.


Lokal tarmoq hamkasblarning terminallariga, muassasalardagi ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasiga va markazlashgan xizmatlarga (asosiy kompyuterlar, axborot fayllariga) kirish imkonini beradi. Lokal tarmoq idora kommunikasiyatsini ta’minlaydi va katta axborot oqimlarini uzatishga qobil. Hujjatlar asosan elektron shaklda tarqatiladi va saqlanadi. Biroq qog‘ozdagi hujjat axborotni namoyon etishning eng ommaviy shakli bo‘lib qolmoqda, shu elektron hujjatlar oxirgi foydalanuvchiga yetib borguncha qog'oz shakliga kiradi.
Zamonaviy, ma’lum ma’noda ideal idora boshqaruv mutaxassislari va idoraning boshqa xodimlari mehnatini kompleks avtomatlashtirishni ta’minlashi lozim.
Rahbarlar va mutaxassislaming zarur axborotni olish uchun kom­ pyuter va boshqa asbob-uskunalarga to‘g‘ridan to'g'ri kirish imkoni- yati paydo bo lmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ko'p hollarda idora ishini avtomatlashtirish ancha samarali natijalar bermoqda. AQSH boshqaruv organlarida bunday ofislarda ish hajmining 37% bajariladi, bu esa unga sarflanayotgan vaqtni 24% ga kamaytirdi.
«Elektron ofis» konsepsiyasini amaliy jihatdan ro'yobga chiqarish boshqarish usul va metodlarini sekin-asta o'zgartirishga, bir qator xodimlar vazifalarini qayta ko'rib chiqishga, mehnat samaradorligini oshirishga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, qog'oz-hujjatlar bilan ishlovchi xodimlarga ehtiyoj kamaymoqda, ish vaqtidan foydalanishni, bir-biridan uzoq xonalarda joylashgan xodimlami nazorat qilish imkoniyati oshmoqda.
Malakali xodimlarga bo'lgan talablar ham o'zgarib bormoqda. Bir tomondan, yuqori malakaga ega bo'lmagan xodimlarning bir qismi- dan ham foydalanish imkoniyati tug'ilmoqda. Boshqa tomondan esa, rahbarlik lavozimlarida tor sohadagi mutaxassislardan foydalanishdan keng dunyoqarashga ega va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallagan xodimlardan foydalanishga o'tilmoqda. Sof ishlab chiqarish va ishlab chiqarish xarakteridagi axborot o'rtasidagi chegaralar yo'qolib borib, axborotni qayta ishlash va saqlash uchun umumiy axborot massivlari va protseduralaridan foydalanilmoqda.



Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin