Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə25/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Ekspert tizimlari. Zamonaviy jamiyatda tobora o'sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyu- terda yechiladigan masalalaming murakkablashuvi ushbu texnologiya- lardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalami qo'ydi. Kerakli variantlami tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o'tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo'llaridan biri


ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o'zidan kelib chiqib sharoitni tahlii etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.
Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlami to‘plash va qoilash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuyi. Ekspert tizimi mutaxassislaming yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qaromi tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko'pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillami baholab, ularning ta’sirini tahlii etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyu­
ter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko'pincha bunda inson fikrlashi bilan bog'liq qobiliyat anglanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko'rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat’i nazar ma’lumotlami tahlii va tahrir eta oladigan, qaromi tahlii etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalami bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlami guruhlarga bo'lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo'yadi, bashoratlashga o'rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:
yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo'lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalaming yangi sinfmi yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuv- chilarga) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foyda­ lanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qoilash imko­ niyatini ta’minlash;
yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o'rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlaming to'planishi;
foydalanuvchi axborot yo'qligi tufayli axborotning haddan ziyod rang-barangligi yoki, hatto, kompyuter yordamida ham odatdagi qaromi qabul qilishning cho'zilib ketishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolami hal etish;


takomiHashean asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mu­ taxassisni njj shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllan­ tirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmuyi (bilimlar bazasi) sanaladi. Bilimlar bazasi — bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifa­
lari yechimini topish uchun tahlii va xulosalami yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuyidir.


7-rasm. Bilim bazasining asosiy xususiyatlari
Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalami hal etish usuliga imkon beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko'maklashadi. Ekspert tizimining asosliligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning boiinmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajrabasini o'zida mujas- samlashtiradi va institutsional bilimlami (ixtisoslashganlar majmuyi, yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublarini) ifodalaydi.
Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko'rib chiqish mumkin: chuqur va yuzaki;
sifat va miqdoriy;
taxminiy (noaniq) va aniq; muayyan va umumiy;
tavsifiy va ko'rsatma (yoi-yo‘riq) beruvchi.
Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo'llashlari mumkin.


Ma’lumotlar bazalarining faoliyati va strukturasi. Rasmda ma’lu­ motlar bazasi strukturasi va uning faoliyati tasvirlangan.
8-rasm. Ma’lumotlar bazasi strukturasi va uning faoliyati

Ekspert — bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis.


Bilimlami o'zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishi- ni, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini, shuningdek, bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
Mantiqiy xulosalar bloki qoidalami faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli boimagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi.
Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlaming to'planish sur'ati bilan belgilanadi.
Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avto- matlashtiradigan qismi inson tomonidan to‘plangan bilimlaming uncha katta boimagan qismidir. To‘plangan bilimlaming kattagina qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi.
Bilimlami strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlami taqdim etishning turli usullariga asoslangan. Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulidir.
Qoidalar, odatda, tavsiya, ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal (rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular pred­ met bilimlari biror sohadagi masalani yechish bo'yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo boigandagina to ‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq ko'rinishida ifodalanadi. Bi-


limlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tash­ kil etish va taqdim etish, vazifalami shakllantirish, qayta shakllan­ tirish va yechish usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi (obyektlari) ramzlar yordamida tasawur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar boiishi mumkin. Tushunchalarni manipulyatsiya qilish uchun m unosabatlar aniqlanadi, turli (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) strategiyalar qoilaniladi. Bilimlami taqdim etish, ularni tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy boim agan vazifalami nazarda tutadi. Shuning uchun qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko'p miq- dorda va hajmda boiadi.
Ekspert tizimlari yechim tanlash mantiqini asoslash va o'rgatishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Ko'pgina ekspert tizimlarida tu­ shuntirish (izohlash) mexanizmi bo'ladi. Mazkur mexanizm tizim qanday qilib ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo'lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qoilash, undan foy­ dalanish va harakat chegarasini aniqlash juda muhimdir.
Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari (tarkibiy qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish moduli (1.26 -rasm).

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin