Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə88/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

v /http://online.ru — Axborot sahifasi boiib, unda ixtiyoriy mavzu- dagi maiumotlami topishingiz mumkin.
J http://www.ras.ru — Rossiya Fanlar akademiyasi sayti. v/http://www.plekhanov.ru Plexanov nomidagi Rossiya iqtisod
akademiyasi sayti
t/'httpy/www.ukma.kiev.ua/Icc/wwwscint.html — Ukraina ta’lim va ilmiy institutlari serverlari haqidagi sayt.
http://physcs.nw.ru Intemetda fizika.
v http://kulichki.ru — Axborot sahifasi boiib, unda foydali ma’lu- motlar, maslahatlar, resurslami topish hamda zavqli dam olish im­ koniga ega boiasiz.


KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN


7.1. Kompyuteming grafik imkoniyatlari va ularning turlari. Amaliy grafik dasturlar


Axborotning asosiy qismini inson ko'rish a’zolari orqali oladi. Ko'rgazmali axborotning o'zlashtirilishi oson boiadi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion sistemalarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar:
znachoklar (belgilar), darchalar va rasmlar ko'rinishida tasvirlanadi. Operatsion sistemaning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yoi bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlami kompyuterga kiritish uchun
maxsus tashqi qurilmalar ishlatiladi.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, unga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda boigan nografik obyektlar o'rtasida bog'lanish o'rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafi- kasi uch turga boiinadi: vektorli grafika, rastrli grafika va fraktal grafika. Ular o'rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o'tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)- larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo'ylab bir marta chopib o'tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq beril- guncha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlami yaratishga mo'ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo'llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matntsasi. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlari yordamida kamdan kam holda yaratiladi. Ko'pincha ushbu


maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga moijallangan ko'pgina grafik muhar- rirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo'ljallangan. Internet tizimida ko'proq rastrli tasvirlar qo'llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish tasvirni chizish yoki jihoz- lash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika, odatda, o'yin dasturlarida qo'llaniladi.
Har qanday hajmdagi axborot inson tomonidan uning ko'rish kanallari orqali qabul qilinganda yaxshi o'zlashtiriladi, masalan, bo- lalikdagi rasmli kitoblaringiz sizga ko'proq yoqqan. Katta hajmdagi axborotni ba’zan boshqa shaklda qabul qilish qiyinroq. Masalan, biror kompaniyaning bir yillik aksiyalarining kursi kunlar bo'yicha ko'rsatilgan jadval grafik asosda tuzilgan bo'lsin. Bunda kursning bir yoqlama o'zgarish grafigi darhol ko'rinadi, lekin ularni jadvaldan anglash uchun vaqt va malaka talab qilinadi. Shuning uchun grafik ma’lumotlarning ulushi har qanday turdagi kasb bilan bog'liq fao­ liyatda qat’iy o'smoqda.


7.2. Photoshop rastrli grafik muharriri


Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun moijallan­ gan elektron ko'rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boiib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlar- ga qo'shimchalar kiritish, fotosuratdagi dogiami o'chirish, eski rasm- lami qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlami ikkinchi fotosuratga olib o'tish, suratdagi ranglarni o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli boiib, u gazeta va jurnallami turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop, ayniqsa, jumalistlar, rassomlarga o'zlarining ijodiy imkoniyatlarini to'la amalga oshirishlarida yordam beradi. Juma- listika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo'lgan


shaxslaming mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo'shim­ cha imkoniyatlami yaratib beradi.
Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
1. Пуск Программы Photoshop buyrug'i orqali.
2. Программы bo'limida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha»ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullaming biridan foydalanish mumkin:
••Alt+F4 tugmalarini bosish.
*Файл menyusining Выход buyrug'ini tanlash.
«Ekranning yuqori qismi o'ng burchagida joylashgan x belgisini bosish yoki Закрыть buyrug'ini bajarish.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so'ng ekranda Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi darcha hosil bo'ladi.
СAdobePhoiothop


35-rasm. Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi darcha
Adobe Photoshop darchasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsra xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so'ng menyu satri joylashadi. Menyudagi kerakli buyruqlami tanlashingiz mumkin.


Adobe Photoshop dasturi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni ko‘rish kursor yordamida amalga oshiriladi. Quyida asosiy menyu va eng ko‘p qo llaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltiriladi.


FAYL (file) menyusi tarkibi


Новый (Ctr+N) Yangi fayl yaratish.
Fayllarni diskdan o'qish.
Открыть (Ctrl+O) Bu buyruq yordamida diskda mavjud fayllar ochiladi.
Открыть как (Alt+Ctrl+O) Faylni qanday ko'rinishda
ochishni tanlash.
Сохранить (Ctrl+S) Faylni xotiraga mavjud formatda joylashtirish.
Сохранить как (Shift+Ctrl+S) Faylni xotiraga boshqa nom
bilan yozish. Ushbu buyruq fayl nomi, formati va direktoriyasi kabi atributlarini o'zgartirish-
da foydalaniladi.
Сохранить копию Tasvir nusxasini xotiraga
(Alt+Ctrl+S) joylash.
Вернуть Tasviming dastlabki holatiga qaytish.
Поместить Boshqa mustaqil fayl bilan bir­ lashtirish.
Импорт Boshqa direktoriyada joylashgan faylni Adobe Photoshop dastu­ riga olib kirish.
Экспорт Tasvimi boshqa direktoriyaga jo'natish.
Файл информация Fayl haqidagi ma’lumotlami kiritish.
Установка страницы Tasvimi printer yordamida chop (Shift+Ctrl+P) etishga tayyorlash, qog'oz shakli-
ni tanlash.


Печать (Ctrl+P) Tasvimi printerga jo'natish.
Предпочтения Adobe Photoshop dasturini kerakli tartibda sozlash.
Настройка света Tasvir ranglarini sozlash. Adobe online Internet bilan bog'lanish.
Выход (Ctrl+Q) Adobe Photoshop dasturidan chiqish


ПРАВКА (Edit) menyusi
Бент (Ctrl+Z) Tasvir ustida bajarilgan oxirgi amal-
ni bekor qilish.
Резать (Ctrl+X) Tasvirning ajratilgan qismini
muvaqqat xotiraga olish.
Копировать (Ctrl+C) Nusxa olish.
Вставить (Ctrl+V) Muvaqqat xotiradan kursor ko'rsatgan joyga qo'yish.
Вставить Muvaqqat xotiradan belgilangan
У (Shift+Ctrl+V) joyga qo'yish.
Очистить Tasvirda belgilangan maydonni tozalash, o'chirish. Bunda o'chirilgan maydon fon rangiga bo'yaladi.
Залить штрих Tasvir yuzini asosiy rang bilan bo'yash.
Трансформация Tasvirda belgilangan maydonni (Ctrl+T) shtrixlab ko'rsatish.
Трансформ Tasvir shaklini o'zgartirish.Tasvir shaklini turli ko'rinislilarda o'zgartirish.
Очистка История darchasida tasvirda olib boril- gan o'zgartirish amallarini butunlay o'chirish. Bu amal bajarilgandan so'ng o'zgartirishlami ortga qaytarish mumkin emas.


Режим Rang modellarini o'zgartirish.
Настройка Tasvir ranglarini sozlash.
Дубликат Tasvirdan nusxa olish.
Наложить изображение Tasvirni qo'shimcha ranglar bilan boyitish.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin