Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə27/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Interpretator (sharhlovchi). Bu ekspert tizimining bir qismi bo'lib, bazadagi bilimlami maium bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretator- ning ish texnologiyasi qoidalar majmuyining ketma-ketligini ko'rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, m aium xatti-harakatlar bajarilsa, foydalanuvchiga ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari, ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’­ lumotlami kiritish va tuzatish bloki singari ko'pgina ekspert tizimlarida qo'shimcha bloklar kiritiladi.
Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog'liq holatlarda zarur bo'ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko'rsatkichlarni o'z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol o'ynaydi. Maiumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o'zgarishlami tezkor va o'z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.
Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to'plamini yaratish uchun xizmat qiladi.
Tizimni yaratish modulining asosi bo'lgan ikkita yondashuv mav­ jud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig'idan foydalanish.


Bilimlar bazasini tasawur etish uchun, garchi har qanday ma’­ lum algoritmik tildan foydalanish mumkin boisa ham, maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan.
Ekspert tizimi qobig‘i. Bu tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali maium bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy mu- hitni ifodalaydi. Ko'pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlash- dan ko'ra tezroq va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:
erishilgan puxta bilim, asos yo'qolmaydi, u hujjatlashtirilishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko'payishi mumkin;
nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar boimaydi;
tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa, u yuqori malakali mutaxassislardan ko'ra arzonroq tushadi.
Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko'p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o'rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojlik joylari ham boiib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko'paytirish vositasi boiib xizmat qiladi.
Ochig'i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis- ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog'i kerak. Tizim yaxshi yechimlami kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari m aium bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan dasturlami ishlab chiqishga mo'ljallangan.
Bashoratlovchi ekspert tizimlari o'tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog'i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo'llaniladi.
Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalaming normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to'plami tahlii uchun asos boiib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon xatti- harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo'yiladi.


0 ‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashxis qo‘yish va tahlii etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:
• xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada toiiq bo'lishini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlami ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ulaming o'zaro aloqasini o‘matish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;
• ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig'indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo'yadi va u yangi elementlarni qo'shish uchun «yopiq» boiib qoladi;
• • yechiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlaming uyg'unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.
Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
• «tizimga o'z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
••ekspertlar vazifani hal etishning o'z uslublarini bayon etishi mumkin bo'lgan muammoli sohaning mavjudligi;
• *mazkur muammoli sohada ko'pchilik ekspertlarning yechimlari o'xshash bo'lishi;
••muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yo mu­ rakkab bo'lishi, yoki mutaxassis boimagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoxud hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
• • masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilim bo'lishi;
••predmet sohasida axborotning to iiq boimasligi va o'zgaruv- chanligi tufayli evristik uslublarni qo'llash.
Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o'tilgan talablami bajarish ekspert tizimini qoilashning zarur hamda yetarli sharti sanaladi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin