Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə26/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi interfeysi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug'i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq) lar bilimlami qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlar- ni o'z ichiga oladi. Axborot, odatda, m aium bir tanaffuslar bilan beriladigan qiymat, ahamiyat shaklida beriladi.
Foydalanuvchi axborotni kiritishning to'rtta uslubidan foydalani- shi mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys. Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qaromi, balki zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko'rib
chiqadi.
Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko'rsatiladi. Ya’ni:
— so'rov bo'yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan o'z xatti-harakatlarini izohlash- ni talab etishi mumkin;
— muammolami hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olgandan so'ng, u qanday olingani to'g'risida izoh talab


qilishi mumkin. Tizim esa masalani yechishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.
To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish interfeysi «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalami, shuningdek, faktlar oralig'idagi mantiqiy bog‘liqlikni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va ikki qismdan iborat bo‘ladi:
birinchisi, bajarilishi mumkin bo'lgan yoki boimagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo'lsa, amalga oshirilishi kerak bo'lgan xatti-harakat.
Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimni tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalami o'z ichiga oladi.
Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo'yicha mutaxassisning) malakasiga bog'liq holda u yoki bu darajada o'xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin