Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə53/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Shaxsiy kompyuterlaming operatsion sistemalari yaratilishi tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion sistema SR/M-80 (Control Programm for Microcomputers, ya’ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nomi bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo'lgan.
16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g'oyasini dasturlar yara- tuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezi­ denti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. U IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo'ladi.
Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun taijimon dastur yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so‘ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operatsion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981-yilda shaxsiy kom­ pyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operatsion sistemasining ko‘p g'oyalarini o'zida mujassamlashtirgan MS DOS operatsion sistemasi (Microsoft Disk Operation System — Maykrosoft diskli operatsion sistemasi) 1981-yil avgust oyida paydo bo'ldi.
MS DOS 64 K/bayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga mo'ljal­ langan bo'lib, o'zi 8 K/bayt xotirani egallar edi. O'sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o'yin- choqqa» aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi bir necha Gigabaytlarga tenglashdi.
Turli mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom ettirib, uning MS DOS 1.1, MS DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11
versiyalarini taklif etishdi va, nihoyat, 1984-yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga asoslangan, 5.25 dyuymli diskovodda ishlashga mo'ljallangan operatsion sistema yaratildi. 1986-yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC/2 (Personal system — shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi.
Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy jihatdan bir necha G/bayt xotiraga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo MS DOS esa 640 K/bayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987-yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya’ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987-yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar yechishga qodir


bo'lgan OS/2 operatsion sistemasi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o‘sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari ko'pchilikni qoniqtirar edi. Hozir biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux operatsion sistemalaridan keng foydalanayotgan bo‘lsak~da, MS Dos o'z kuchini yo‘qotdi deya olmaymiz.
MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton Commander sistemalari turli klavishlar va menyulardan iborat komandalar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay amallarni tez bajaradi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin