Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə50/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Video ikkilik. Ta’lim jarayonida video, audio lavhalami namoyish qilishdan keng foydalaniladi. Ekrani katta televizorlardan katta ekran sifatida videoko'z orqali materiallarni namoyish qilishda foydalansa ham bo'ladi.
Raqamli fotoapparat — seminardagi yoki dars jarayonidagi olingan rasmlar kompyuterga olinib, ularni qayta ishlash orqali slayd, videoproyektor, kodoskop yordamida namoyish qilish mumkin.
Skanerlash (tasvirdan kompyuterga nusxa olish). Nusxa olingan ma’lumotlarni kompyuter imkoniyatlaridan kelib chiqib har xil ko‘rinishga o'tkazish mumkin. Skanerlashda FINE Reader dasturdan foydalanishni maslahat beramiz.


4 .4 . Multimedia vositalari

0 ‘qitish jarayonida multimedia vositalaridan foydala­ nish o‘qitish sifati va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari yordamida




olib borilgan audio-video muloqot o'quvchining darsga bo'lgan qizi- qishini va bilim olishga bo'lgan havasini oshiradi. Multimedia vosita- lariga, jumladan, audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Web kamera, TV tuner, CD-ROM va boshqalar kiradi.
Multimedia vositalari o‘quvchiga yakka tartibda shug‘ullanish im­ konini beradi. 0 ‘quvchi 0‘qituvchining bevosita ishtirokisiz ham ma­ terialni mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo'ladi.
Hozir multimedia so‘zi kundalik ilmiy-ixtisosiy faoliyatimizda juda ko‘p ishlatilmoqda. Ta’limda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish uchun dastlab «Multimedia nima o‘zi?» degan savolga javob beraylik. Turli kasb mutaxassislari bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ular­ ning fikrlarini umumlashtirib, multimediaga shunday ta’rif berish mumkin:
Multimedia — bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida o‘quv materiallarini tinglovchilarga to‘liq yetkazib berish- ning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia hozir juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan bo‘lib, u quyidagi an’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda original axborot turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, animatsiya ko‘rinishidagi axborotlami o‘z ichiga oladi;
— video va audio axborotlami kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessoming harakatchanligini, ma’lumot­ larni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyatini, tezkor va video-xotira hajmini, katta sig'imli tashqi xotirani, kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuv tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
— «inson — kompyuter — inson» interfaol muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchi texnik muloqot jarayonida ancha keng va har tomonlama mukammal axborotlami olishi osonlashadi va tezlashadi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin