Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə58/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Blokirovka qilingan. Dastur ishlashi uchun ayrim resurslar yetarli bo'lmasa, sistema bunday dastumi blokirovka qilib qo'yadi. Ya’ni bunda dasturga nisbatan sistema holati aniqlanmagan hisoblanadi. Odatda, bunday holatda sistema foydalanuvchining aralashuvini talab qiladi.
Masalaning bogianishini boshqarish ( ketma-ket, parallel). Masala OS resurlari bilan ketma-ket yoki parallel bog'lanishi mumkin. Bunday bog'lanish asosan resurslaming jarayonga xizmat qilish tezligiga bog'liq. Agar resurslaming xizmat qilish tezligi bir xil bo'lsa, resurslar xizmatga ketma-ket chaqiriladi. Agarda talab qilinayotgan resurs tezligi sekin bo'lsa va u mustaqil o'zi masalaga xizmat qila olsa, u holda bu resursga boshqaruv beriladi va navbatda turgan keyingi resurs aktiv holatga o'tadi va h.k. Shu bilan birga, masala uchun bir necha resurs parallel xizmat qiladi. OS tarkibiga masalani hal qiluvchi dasturlaming parallel va ketma-ket bo'lgan qismini aniqlaydigan maxsus buyruqlar kiritiladi. Yordamchi qurilmalar. Aksariyat qurilmalar har bir oniy vaqtda faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. Qurilmalaming bunday ko'rinishda ishlashi kompyuterdan samarasiz foydalanishga olib keladi. Yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti ko'p bo'lsa, bunday hoi ayniqsa sezilarlidir. Tezkor qurilmalar, foydalanuvchi uchun, OS ning fayllami boshqarish dasturi yordamida taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar, ulaming tez ishlashi va kiritish-chiqarish so'roviga ketgan vaqtini inobatga olsak, umumiy


jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bo'ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish-chiqarish qurilmalarining sekin ishlashidir. OS kompyuter unumdorligini oshirish uchun spuliog mexanizmini ishga soladi. Spuling — kiritish-chiqarishga mo'ljallangan berilganlami avtomatik tarzda diskka yozib qo'yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma’lumot qurilma tayyor bo'lganda qo'yil­ gan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin