Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə59/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Matematik ta’minot resurslari — berilganlar va dastur bajarili­ shini nazorat qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat bo'ladi. Bu resurslar orasida sistemali rejalashti­ rish, sistema kutubxonalari, fayllami boshqarish va kiritish-chiqarishga xizmat qiluvchi servis dasturlar mavjud.
Kiritish va chiqarish — bu kiritilayotgan va chiqarilayotgan be­ rilganlami ko'chirish jarayoni. Berilganlami boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bular kiritish va chiqarish, filtr va kommunikatsiya dasturlaridir. Bu dasturlar yordamida foydalanuvchi berilganlami uzatishda o'z yo'nalishini tashkil qilishi mumkin. Berilganlar majmuasini ixtiyoriy qurilma va xotiraning ixtiyoriy adresiga yo'naltirishi mumkin. Filtrdan foydalanib berilganlami tartiblash va so'ngra chiqarish oqimiga yo'naltirish mumkin.
Kiritish va chiqarish standart qurilmalari. Odatda, berilganlami kiritish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma- ketligi bajarilgandan so'ng ma’lumotlar majmuasi monitoiga chiqariladi. Shu sababli klaviatura — kiritish standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi, deb hisoblanadi. OS da nostandart qurilm alarni kiritish-chiqarish qurilmasi deb e’lon qiluvchi yo'naltiruvchi funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar «periferiya» kiritish-chiqarish qurilmalari deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul qilingan deb hisoblanadi.
Kiritish-chiqarish qurilmalari va dasturlari. Kiritish va chiqarish qurilmalari kompyuter konfiguratsiyasiga bog'liq hamda ulaming soni bir nechta bo'lishi mumkin. Real vaqtda sistemaga bog'langan qurilma va qurilmalar soni kompyuteming portlari sonidan ko'p bo'la olmaydi. Har bir qurilmani ishga tushirish va u bilan berilganlami almashish OS dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Dastur, odatda, bevosita qurilma va uning fizik xarakteristikasini hisobga olgan holda yaratilgan bo'ladi. Ayrim hollarda biron-bir kiritish-chiqarish qurilmasi o'miga boshqasini ishlatish, xotira bilan berilganlami o'zaro almashtirish xatolikka yoki umuman berilganlami almashtirmaslikka olib keladi.



Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin