Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə62/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Berilganlarning saqlanishi: ketma-ket, agar foydalaniladigan be­ rilganlar xotirada ketma-ket joylashgan bo'lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlami olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan, kerakli berilganlar ketma-ket tanlab olinadi. Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so'ng o'zining davomi qayerda joylashganligi haqidagi ma’lumot bevosita berilganlardan keyin joylashgan bo'ladi va bu ma’lumot tahlii qilinib, berilganlarning davomi ko'rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi. Indeksli-ketma-ket, buning indeksli boshqarishdan farqi, berilganlar davomi ko'rsatilgan joydan bir emas, balki bir nechta berilganlar
birligidan iborat ketma-ketlik ko'rinishida beriladi.
Himoya. OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo'lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo'ladi. Har qanday OS o'z tarkibiga kirgan dasturlarni himoyalashi ko'zda tutilgan bo'ladi. Biroq bu himoyalanish buzilishi mumkin, buzilish, odatda tashqi aralashuv natijasida sodir bo'ladi. Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qo'yiladi. Albatta, bunday taqiqni malakali foydalanuvchi «aylanib» o'tishi mumkin, biroq bunday usul tavsiya qilinmaydi.
Samarali joylashtirish. Berilganlami joylashtirish tartibi sistema- ning mukammal ishlashi omili bo'ladi. Berilganlar pog'ona-pog'ona joylashtiriladi. OS shunday qurilganki, berilganlar bir-biriga yaqin


joyda joylashadi. Bunda ko‘p ishlatiladigan berilganlar oldingi «fon»da, kamroq ishlatiladiganlari esa keyingi bo'limlarda joylashtiriladi. Albatta, joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi o‘rtasida bo'sh joy qoldir- maslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo‘sh joy hosil bo'lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlami samarali joylashtirish uchun shunga o‘xshash holatlami hisobga oladi.
Kompyuter bilan muloqot. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqot ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o'z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin. Muloqot tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo‘lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo'lganda, sistema hosil bo'lgan holatdan boshqa holatga o'tish yo'lini foydalanuvchi tavsiyasiga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo'lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko'zda tutilgan bo'lib, foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. Rejada ko'zda tutilmagan muloqotda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni «bilmaydi» va noayon holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo'lmagan resursni talab qilishi. Muloqot tashabbuskori foydalanuvchi bo'lganda, sistema kutish holatiga o'tadi va foydalanuvchining buyrug'iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dastumi vaqtin- chalik yoki umuman to'xtatish.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin