Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə57/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Berilganlar segmentiga foydalanuvchi berilganlami kiritishi mumkin va bu segment boshqa foydalanuvchilardan himoyalangan. Foydalanuv­ chi bu oraliqni dasturiy usul bilan kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin. Berilganlar segmenti hajmi OS da qabul qilingan oraliq bilan aniqlanadi yoki real foydalanuvchi ehtiyojiga qarab tashkil qilinadi. Xotira chegaralanganligi sababli OS dan foydalanuvchi ehtiyojini to'liq qondira olmasligi ham mumkin.
Bo'linmas stek segmenti xotiraning bosh chegarasidan boshlanib, pastga qarab o'sadi. Zarurat tug'ilsa, bu oraliq avtomatik tarzda o'sishi mumkin. Real sistemada stek segmentini boshqa qurilmalarda (masalan, virtual tashqi xotiradan) ham tashkil qilish mumkin. OS shunday tashkil qilinishi kerakki, bo'linmas stek segmenti hajmi yetarli bo'lmasa, OS o'z o'mini, sistemaning ishonchlilik darajasini kamaytirmagan holda, bo'linmas stek segmentiga bo'shatib berish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Sistemadagi har bir jarayonning adres muhiti boshqa jarayonlaming adres muhitidan farq qiladi. Jarayonlar bilan aloqa maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Jarayonni boshqarish (o'zgaruvchi, ishga tayyor, ishlovchi va blokirovka qilingan holat). Jarayon turli holatda bo'lishi mumkin. Holatni aniqlash OS dasturlari yoki (ayrim hollarda) foydalanuvchi tomonidan boshqarilishi ko'zda tutilgan.


0 ‘zgaruvchi holat — biron-bir ish bajarilishi natijasiga ko‘ra hosil bo'ladigan holat. Holatning turlicha bo'lishi muhitga va real ishlovchi dasturga bog'liq bo'ladi. Masalan, ma’lumotlarning turli holatda tur­ licha taqsimoti bevosita jarayonni boshqarishga o'z ta’sirini o'tkazadi. Ishga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bo'lgan fizik hamda dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va
qaralayotgan dastur faqat buyruqni kutadi.
Ishlovchi. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli resurslami ishga tayyor holatga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori imtiyozli hisoblanadi. Ishlovchi dastur uchun kerakli bo'lgan resurs uning uchun har doim ishga tayyor holatda bo'ladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak bo'lgan resurs ishlayotgan dasturga nisbatan ustuvorligi yuqoriroq dastur bilan band bo'lsa, ishlovchi dastur kutish holatiga o'tkaziladi. OS ayrim buyruqlarining foydalanuvchi dasturiga nisbatan ustuvorligi yuqori hisoblanadi. Albatta, ixtiyoriy OS ga foydalanuvchi dasturi ishini to'xtatish imkoniyatini beradigan buyruq kiritilishi zarur.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin