Texnologiyalari


Nihoyat, 1-jadvalni boshqa jadvaldan ajrata olish uchun u o'zining



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə131/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Nihoyat, 1-jadvalni boshqa jadvaldan ajrata olish uchun u o'zining nomiga ega bo'lishi kerak. Shu yerda va bundan buyon ham 1-jadvalga
«Factory» nomini berdik. Jadvallami tuzishda ularda 2 ta butunlay bir xil satr bo'lmasligi kerak.
Shuni e'tiborga olish kerakki, jadvaldagi hamma ustunlar ham bir ma’noda har bir satrni aniqlayvermaydi. Masalan, Pol, Los, Salary ustunlari bir-birining nusxasini oluvchi nomlarni o'z ichiga oladi. Bu ular kam funksional nagruzkaga egaligini, ular har bir satrni bir ma’noda aniqlash uchun yaroqli emasligini anglatadi. Bundan tashqari, ulardan bu jadval nima haqida ekanligini aniqlash qiyin. Keltirilgan jadvalda Name va Telno ustunlari har bir satrni bir ma’noda aniqlash imkonini beradi.
Har bir satrni bir ma’noda aniqlab bera oladigan ustunlar yoki ustunlar guruhi kalitli deb ataladi. Ular 1 -jadvalni tuzishda albatta alohida ajratilishi kerak.
Endi jadvallaming yaratilishi usulini o'rganishga o'tamiz. Jadvalni yaratishda jadval nomini, ustunlar nomini, atributlarining turi va uzunligini berish kerak. SQL satrli, sonli, real vaqt, sana va h.k. o'zgaruvchan turlari kiritilishiga imkon beradi. Satrli turi — o'zgaruvchilami tasvirlashga mo'ljallangan belgi va sonlardan tashkil topgan. Bunda birinchi belgi (sim­ vol) albatta harf bo'lishi kerak.
Char — uzunligi 254 baytdan oshmaydigan satrli o'zgaruvchanni tasvirlashga mo'ljallangan.
Sonli o'zgaruvchilarni tasvirlashda NUMBER kalitli so'z qo'llani­ ladi.
1.0E —100 dan 1.0E+100 gacha bo'lgan doirada 22 raqamga ega bo'la oladigan sonlami tasvirlaydi.
Sana va vaqtni tasvirlashda Date standarti qo'llaniladi. U:
vaqtni aniqlaydi (soat, minut, sekund standartida. Masalan, 18.02.2007);
sanani ifodalash uchun Yevropa standartidan yoki Amerika standartidan foydalaniladi.
Endi 1-jadvalni yaratish uchun quyidagilami yozishimiz mumkin: CREATE TABLE factory


(id NUMBER(5.0) PRIMARY KEY, Name CHAR(15) NOT NULL,
Los NUMBER(2,0), Dept CHAR(15), Salary NUMBER (7,2),
Telno CHAR(7)).
Biz Name ustunini har bir atribut 15 belgiga ega bo‘lgan satrli o‘zgaruvchi uzunlik bilan aniqladik. Amaliyotda atribut uzunligi keragi- dan ko'ra ortiqroq beriladi. Bu shu narsa bilan bog'liqki, biz oldindan satrli o'zgaruvchining qaysi ma’nolari jadvalga kiritilishini bilmaymiz. Shuning uchun ma’lum bir zaxira bo'lgani ma’qul. Bundan tashqari bo'sh o'rinlar zaxirasi ustunlar orasidagi masofaning o'sishiga imkon beradi. 1 -jadval chop etishda dizayn nuqtayi nazaridan ham yanada ko'rkamlashadi. NAME ustuni NOTNULL ni o'z ichiga oladi. Bu esa
uning bo'sh satrlarni o'z ichiga ola olmasligini bildiradi.
Har bir SQL gapi so'ngida «nuqtali vergul» turishi kerak. Berilgan gap bo'yicha EHM factory jadvalini yaratadi, lekin jadval unga ma’lu­ motlar kiritilmagani sababli bo'sh bo'ladi.
Standart SQL tilida ma’lumotlarni kiritish INSERT buyrug'i asosida amalga oshiriladi. Bu buyruq bitta satmi kiritishga imkon beradi, keyingi satrlaming kiritilishi INSERT buyrug'ining qaytarilishi yordamida hosil bo'ladi:
INSERT INTO factory (Name, Dob, Pol, Los, Dept, Salary, Telno) Valies (Paul F. 05.07.1962, ’m',12 'worker', 2250.75, '420027'); Barcha satrli o'zgaruvchilar apostroflarga kiritilishi lozim. Agar biz biror o'zgaruvchining ma’nosini bilmasak, kiritishda uning ma’nosini tushirib qoldirish mumkin, EHM uning o'mini avtomatik ravishda
bo'shliq bilan to'ldiradi.
Misol: INSERT INTO factory (Name, Dob, Pol, Dept, Salary) Values (’Clint E', 12. 12.1970, 'm\ 'tecknic',2400);
Bunday holatda Telno va Los o'rinlari, toki ular tartibli aniqlanma- guncha, EHM yordamida probel va nullar bilan to'ldiriladi, bu jarayon korrekt yaqinlangunicha davom ettiriladi. Alohida qiymatlar tushib qolgan bo'lsa, ularni ham NUII bilan to'ldirish mumkin.
S e le c t b u y ru g 'i
Bu bo'limda foydalanuvchining jadvallar bilan ishlash usullari ko'rib chiqiladi. Select buyrug'i SQL tilining asosiy buyruqlaridan biri hisoblanadi. Bu buyruq barcha amallami ma’lumotlar qatori bilan ta’minlaydi. Quyida select buyrug'ining asosiy imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.


a ) B a rc h a m a ’lu m o t la rn i k o 'r is h .
Select* from tactory;
(F) belgisi factory jadvalining barcha ustunlarini tanlash kerakligini bildiradi.
Bu natijani Select buyrug'idan keyin barcha ustunlar nomini berish bilan olsa bo'ladi:
Select Name, Dob, Pol, Los, Dept, Salary, Telno from factory;
Natijada ekranda 1-jadvalning hamma ustunlari paydo bo'ladi. Ustunlar tartibi Select buyrug'ida belgilangandek bo'ladi:
b ) u s tu n la rn i ta n la b ch aq ir is h .
Ustunlami alohida chaqirish uchun Select buyrug'ida ko'rsatish ke­ rak:
Select Name, Dept from factory;
Natijada bir Name va Dept dagi jadvallami olamiz:
d ) S a t r l a m i ta n la b k o ‘ris h . Ma’lumotlar bilan ishlaganda ko'pincha jadvaldan faqat aniq bir satrni ko'rish lozim bo'lgan hollar uchrab turadi. Bunday holda Select buyrug'ining umumiy ko'rinishi quyidagi­ cha bo'ladi:
Select ustunlar nomi; from — jadvallar nomi; where satr tanlash sharti.
Misol: 1-jadvaldan barcha xodimlar, ishchilami tanlash uchun quyi- dagini kiritish kerak:
Select name, dept from factory
Where Dept—dmik; buyrug'ini berish lozim. Natijada ekranda quyidagilar hosil bo'ladi:
Name Dept
Rustam V. admin
Joan A . admin;
e ) S o lis h tiris h o p e ra to r la r in in g qo ‘lla n ilis h i.
Awalgi misolda satr tanlash shartini tasvirlashda «tenglik» belgisi qo'llangan edi.
«Tenglik» belgisidan tashqari yana solishtirish shartini tanlashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan 7 ta eng oddiy solishtirish operatorlari mavjud.
Bular:
!=— teng emas;
> katta;


< > teng emas;
! > berilgandan katta emas;
< berilgandan kichik;
!< berilgandan kichik emas;
>= katta yoki teng;
<= kichik yoki teng.
Quyidagi misol solishtirish operatorlarining qo‘llanish imkoniyatla­ rini ko'rsatadi.
1-misol: Factory jadvalidan ish staji 10 yildan ortiq bo'lgan ishchilaming ismlarini tanlash.
Select Name, Los from factory where Los> 10;
Natijada ekranda
NAME Los
Rustam V. 22
Barot V. 21
Azamat T. 17
Dolly S. 14
Paul F. 12
Joan A. 11 chiqadi.
2-misol: Factory jadvalidan 12.12.1970 dan keyin tug'ilganlarni tanlash.
Select Name, Dob from factory
where Dov>12.12.1970;
Ekranda hisobot quyidagicha bo'ladi:
NAME Dob
Barot V. 02.07.1975
Maria G. 20.11.1972
ViancaA. 14.03.1975
JaneS. 01.02.1979
Yuqorida tasvirlangan solishtirish operatorlaridan tashqari, quyi­ dagi operatorlarni qo'llash orqali ham qiyoslash mumkin.
1 ) between and
2 ) is null
3) like
4) in
Between operatori aniq bir sohani ajratishga mo'ljallangan.


Misol:
select Name, Salary from factory
whe Salary between 2150 and 2350;
Ushbu misol factory jadvalida oylik maoshi 2150—2350 oralig‘ida bo'lgan xodimlar ro'yxatini ko'rsatadi.
NAME Los
Rustam V. 22
Barot V. 21
Azamat T. 17
Dolly S. 14
Name Salary
Azamat T. 2300
Barot V. 2250
Raul T. 2250
Don T. 2250
Donoron A. 2250
SQL not between birikmasining qo'llanishiga yo'l qo'yadi. Misol:
select Name, Salary from factory
where Salary not between 2150 and 2350;

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin