Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə29/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

5. Axborot tizimlarida qanday jarayonlar ro'y beradi?
6. Axborot ta’minoti nimalarni o'z ichiga oladi?
7. Dasturiy ta'minot tarkibiga qanday dasturiy mahsulotlar kiradi?
8. Amaliy dasturiy vositalarning vazifalarini aytib bering.
9. Texnik ta’minot deganda nimani tushunasiz?
10. Huquqiy va lingvistik ta’minotlar haqida nimalarni bilasiz?


DASTURIY TA’MINOT VA OBYEKTGA MO'LJALLANGAN TEXNOLOGIYALAR
3 .1 . Dasturiy ta ’minot va uning turlari, tuzilishi, strukturasi. Sistemaviy va amaliy dasturiy vositalar


I Dasturiy ta’minot kompyuteming ikkinchi muhim qismi
/ I bo‘lib, u m a’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar
/ , g majmuasini va kompyutemi ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Kompyuteming turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa — dasturiy inter/eys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish — apparat-dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchi- ni) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuteming ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dastuming inson bilan o'zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuteming dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlami uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin;
sistemaviy dasturiy ta’minot;
amaliy dasturiy ta’minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuteming va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi bo'yicha ma’lum bir masalalar sinfini
yechishga mo'ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dastur- larni ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo'lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlami ishlab chiqish


(shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo'ljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta ’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuteming va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va sa­ marali ishlashini ta’minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) das­ turiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo'shimcha tarzda yaratilishi mumkin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin