Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə44/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Qalam va mo‘yqalam. Odatda, rassom surat chizish uchun qalam va mo‘yqalamdan foydalanadi. Delphining grafik imkoniyatlari ham qalam va mo‘yqalamdan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Qalam- dan chiziq va kontur chizishda, mo'yqalamdan esa kontur bilan chegaralangan yuzani bo‘yashda foydalaniladi.
Qalam va mo‘yqalam grafikni chizish yuzasida hosil qilishda mos ravishda Pen (qalam) va Brush (mo'yqalam) xususiyatlariga egadir. Shu bilan birga, ular TPen va TBrush tiplariga tegishlidir.
CASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
CAS E-Computer Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo‘lib, CASE-texnolo- giyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan, ko‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo'llaniladi.
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80-yillar oxirida shakllangan yo‘nalishdir. Qimmatligi tufayli ulardan keng ko‘lamda foydalanish chegaralangan.
Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlii etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minot. Case-texnologiyasining asosiy yutug‘i — kompyuterlarning mahalliy tarmog‘ida ishlayotgan muta- xassislarning loyiha ustida hamkorlikda ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport — import qila olishi va loyihani tashkiliy boshqara bilishidadir.
Topshiriq va nazorat savollari
1. Dasturiy ta’minot nima va uning qanday turlari mavjud?
2. Dasturiy ta’minotning tuzilishi qanday?
3. Sistemaviy va amaliy dasturiy vositalar deganda nimani tushunasiz?
4. Dasturlash texnologiyasi nima?

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin