Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə60/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Bunday holda bog'lanish amalga oshmagani sabablaridan biri bu qurilma uchun qo'llanadigan dastuming mos kelmasligi bo'lishi mumkin. Bunda qurilmaga mos dastumi yuklab, so'ng undan foydalanish tavsiya qilinadi.
Filtr — sistemali dastur yoki buyruq bo'lib, berilganlami kiritish qurilmasidan o'qib tartiblaydi va dastur yoki buyruqda aniqlangan qurilmalarga yo'naltiradi.
Kommunikatsiya — bu ikki sistemali dastumi, buyruqni, dastur va buyruqni yoki buyruq va dastumi birlashtirish. Bunday ko'rinishdagi birlashtirish bir dastur yoki buyruqning natijasini boshqa dastur yoki buyruqqa kiritish imkoniyatini beradi. Yo'naltirilgan kiritish-chiqarish bilan kommunikatsiya farqi: yo'naltirilgan kiritish-chiqarish berilganlami o'qish yoki ulami «periferiya» qurilmasiga uzatishdir. Kommunikatsiya esa sistema dasturlari va buyruqlari orasidagi o'zaro berilganlami al- mashishdir. Ya’ni berilganlami uzatish OS ichida amalga oshiriladi.
Operatsion sistemaning qo'shimcha funksiyalari. Berilganlarga ishlov berish. Berilganlar kompyuter xotirasida turli ko'rinishda saq- lanadi. Bular awaldan kelishilgan holda bo'ladi. Masalan, dastur saqlanish prinsipi bilan berilganlaming saqlanishi turlicha bo'ladi, biron-bir matn muharriri yordamida hosil qilingan ma’lumot boshqa muharrir yordamida hosil qilingan ma’lumotning ichki ko'rinishidan farq qiladi. Har bir ma’lumotning ichki tuzilishi awaldan tanlab olingan kodlash usuli yordamida hosil qilinadi. Kodlar turlari va kodlash usullari turlicha. Ularni qanday ko'rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita sistema ijodkorlariga bog'liq. Odatda, biron-bir kodlash usuli ma’lum bir tipdagi kompyuter (dasturiy ta’minot bilan birga) uchun tanlab olinadi vabu tipdagi kompyuter takomillashsa, kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi. Bundan shunday xulosa qili- shimiz mumkinki, OS tarkibidagi berilganlarga ishlov beruvchi da­ stur berilganlar tuzilishini aniqlab, dastur, arifmetik konstanta, berilganlar majmuasi(matn) va h.k.lami kerakli usulda tahlii qilib, ko'zda tutilgan ishni bajaradi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin