Matematikta’minotresurslari — berilganlar va dastur bajarili shini nazorat qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat bo'ladi. Bu resurslar orasida sistemali rejalashti rish, sistema kutubxonalari, fayllami boshqarish va kiritish-chiqarishga xizmat qiluvchi servis dasturlar mavjud.
Kiritishvachiqarish — bu kiritilayotgan va chiqarilayotgan be rilganlami ko'chirish jarayoni. Berilganlami boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bular kiritish va chiqarish, filtr va kommunikatsiya dasturlaridir. Bu dasturlar yordamida foydalanuvchi berilganlami uzatishda o'z yo'nalishini tashkil qilishi mumkin. Berilganlar majmuasini ixtiyoriy qurilma va xotiraning ixtiyoriy adresiga yo'naltirishi mumkin. Filtrdan foydalanib berilganlami tartiblash va so'ngra chiqarish oqimiga yo'naltirish mumkin.
Kiritishvachiqarishstandartqurilmalari. Odatda, berilganlami kiritish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma- ketligi bajarilgandan so'ng ma’lumotlar majmuasi monitoiga chiqariladi. Shu sababli klaviatura — kiritish standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi, deb hisoblanadi. OS da nostandart qurilm alarni kiritish-chiqarish qurilmasi deb e’lon qiluvchi yo'naltiruvchi funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar «periferiya» kiritish-chiqarish qurilmalari deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul qilingan deb hisoblanadi.
Kiritish-chiqarishqurilmalarivadasturlari.Kiritish va chiqarish qurilmalari kompyuter konfiguratsiyasiga bog'liq hamda ulaming soni bir nechta bo'lishi mumkin. Real vaqtda sistemaga bog'langan qurilma va qurilmalar soni kompyuteming portlari sonidan ko'p bo'la olmaydi. Har bir qurilmani ishga tushirish va u bilan berilganlami almashish OS dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Dastur, odatda, bevosita qurilma va uning fizik xarakteristikasini hisobga olgan holda yaratilgan bo'ladi. Ayrim hollarda biron-bir kiritish-chiqarish qurilmasi o'miga boshqasini ishlatish, xotira bilan berilganlami o'zaro almashtirish xatolikka yoki umuman berilganlami almashtirmaslikka olib keladi.