TALABALARNING FIZIKA FANIDAN O’ZLASHTIRISH
DARAJALARINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Irmatov Fozil Muminovich, A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va uni
o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Keyingi yillarda Respublikamizda amal qilinayotgan ta’lim to‘g‘risidagi
qonunlarda ta’lim tizimini isloh qilish vazifasi belgilanib, barcha ta’lim
muassasalariga fanlarning o‘qitilishini zamonaviylik, insonparvarlik, beriladigan
bilimlar ko‘lamini hayotiy jarayonlar bilan ta’minlash, buning uchun o‘qitishning
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash kabi talablar qo‘yilgan.
Bulardan ko‘rinadiki, hozirgi paytda fizika ta’limiga innovatsion pedagogik
va axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish pedagogik- uslubiy g‘oyaga
aylangan. Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib kelishi ayniqsa fizika
fanini o‘qitishda yangi turdagi mashg‘ulot turlarining (fizik model bilan tanishuv,
kompyuterda tajriba o‘tkazish, eksperimental masalalar yechish, tadqiqot olib
borish, ijodiy topshiriq) vujudga keltirishga sabab bo‘ldi. Bular orasida fizika
ta’limini asosiy muammolaridan biri laboratoriyalarning virtual stendlarini
yaratish, fizik jarayonlarni modellashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan
biridir.
Jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, Respublika ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohatlar jahon andozasiga mos yetuk va yuqori darajada
fikrlaydigan kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa o‘qitishni ham mazmun,
ham uslub jihatdan yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keladi. Shu munosabat
bilan ilmiy-metodik izlanishlar olib borish, jumladan kompyuter texnologiyalarini
ta’lim tizimida foydalanishga oid yangi turdagi dastur va darsliklarning yangi
avlodini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars
mashg‘ulotlarini tashkillashtirish zaruriyati tug‘iladi.
Fizika fanini o‘rganishda bilimlarni amaliy hamda ko‘rgazmali (vizual)
namoyish etish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv jarayonida talabalar tomonidan
fizik bilimlarni o‘rganishda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining
samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, fizika fanini o‘qitishda va tajribalar o‘tkazishda ma’lum
muammolarga duch kelinadi. Ular orasida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini
o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning yetarli emasligi, narxining
yuqoriligi, ma’lum fizik jarayonlar mohiyatini oddiy laboratoriya vositalari
yordamida amalga oshirishning imkoniyati yo‘qligi kabilarni alohida qayd etish
mumkin.
Fizika fanlari bo‘yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
o‘quv topshiriqlarini “Сroсodile Physiсs”, “Сroсodile Technology”, “Interaсtive
Physiсs”, “Physics Education Technology (PhET)” kabi dastur paketlari asosida
berilishi o‘qituvchining vazifasini osonlashtirish bilan birga vaqtni tejash hamda
talabalar o‘quv faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.
Bu borada Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini 2013-2020 yillarda
kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish ulkan imkoniyatlar eshigini
ochishi shubhasiz. Zero, Prezidentimiz internet tarmog’ini jadal rivojlantirish bilan
uning texnik imkoniyatlarini yanada ko’paytirish, keng polosali optik tarmoqlarni
kengaytirish va optik tolali aloqa tarmoqlarini qurishni davom ettirish, barcha
hududlarni, shu jumladan, uzoq va chekka hududlarni raqamli televideniega
o’tkazish ishlarini nihoyasiga yetkazish zarurligiga e’tiborni qaratdi. Barcha fanlar
qatori fizika ta’limiga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini jadal
tadbiq etish ham davr talabidir. Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib
kelishi ayniqsa, fizika fanini o‘qitishda yangi turdagi mashg‘ulot turlarining (fizik
model bilan tanishuv, kompyuterda tajriba o‘tkazish, eksperimental masalalar
yechish, tadqiqot olib borish, ijodiy topshiriq) vujudga keltirishga sabab bo‘ldi.
Bular orasida fizika ta’limini asosiy muammolaridan biri laboratoriyalarning
virtual stendlarini yaratish, fizik jarayonlarni modellashtirish shu kunning dolzarb
muammolaridan biridir.
O‘quv
mashg‘ulotlarini
zamonaviy
tashkillashtirishning
xarakterli
xususiyatlaridan biri - o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini oshirish
maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishdir. Bunda kompyuter
nafaqat hisoblash ishlarini bajarish hamda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish
asosi hisoblanadi.
Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qitish quyidagi ko‘rinishlarda
amalga oshirilishi mumkin:
-
«Kirib boruvchi» texnologiyalar (alohida mavzular va bo‘limlar bo‘yicha
ma’lum bir didaktik masalalar uchun kompyuter o‘qitishni qo‘llash).
-
Asosiy, qo‘llanayotgan aniq texnologiyadan o‘ta muhim qismini
aniqlovchi.
-
Monotexnologiyalar (ta’lim, o‘quv faoliyatini boshqarish, tashxis va
monitoringni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashga asoslanadi).
Kompyuter o‘qitish vositasi sifatida talabaga ham, o‘qituvchiga ham
yordamchi bo‘la olishi mumkin. O‘qituvchi uchun u - avtomatlashgan guruh
jurnali, savol-javob qilish va o‘qitish natijalarini ishlab chiqish vositasi, darslarga
tayyorlanish va laboratoriya praktikumlari va namoyish tajribalarni o‘tkazish
uchun asos hisoblanadi. O‘quvchi uchun - vazifalarni bajarish vositasi, ikkovlari
uchun esa - real olamni modellashtirish vositasi hisoblanadi. Kompyuter talaba
uchun turli funksiyalarni: o‘qituvchi, o‘qitish ob’ekti, hamkorlikdagi jamoa, dam
olish (o‘yin) muhiti hisoblanadi.
Fizikadan masala yechish mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalar
yordamida tashkillashtirish o‘quv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Dars
berish davomidagi tajribalardan ma’lumki, ko‘pgina talabalar fizika fanidan
berilgan masalaning shartini tushunishda ma’lum bir qiyinchiliklarga uchrashadi.
Talaba masala shartini tushunmasdan yechish uchun masala shartida
qatnashayotgan fizik kattaliklarni o‘zida aks ettirgan formulani topishga harakat
qiladi. Bu holatda vujudga keladigan didaktik muammolardan biri berilgan fizik
masalada kechayotgan fizik jarayonning hayoliy modelini tassavur eta
olmasligidadir. Bu holatda o‘qituvchi talabaga berilgan masalani tushunib olishi
uchun chizma chizishni taklif qiladi, lekin chizilgan chizma orqali kechayotgan
fizik jarayonni to‘laqonli tasvirlash qiyin hisoblanadi. Ayniqsa, fizikaning
mexanika bo‘limiga oid masalalarning aksariyati harakat bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalardir. Masalani yechish uchun chizilgan chizma esa qaralayotgan fizik
jarayonni statik ko‘rinishdagina tasvirlash mumkin bo‘ladi, bu esa kechayotgan
fizik jarayonning ayrim bir holatinigina aks ettira oladi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda
jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga
bog’liq. Ta’limning mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustivor yo’nalish
sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivolanayotgan mamlakatlarida
ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinayabdi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, o’quv-tarbiya jarayonlarining barcha
bosqichlarini jadallashtiradi. Bunda axborot texnologiyalarida foydalanish asosida
ta’lim sifati va samaradorligini ortishi talabalarning bilish faoliyati oshadi,
fanlararo aloqalarini chuqurlashganini kuzatish mumkin. Axborot texnologiyalarini
joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorlikka erishiladigan metodik
maqsadlarga:
-
o’qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash;
-
o’z-o’zini nazorat qilish;
-
o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil
o’zlashtirishni tashkil etish;
-
o’quv vaqtini tejash;
-
o’quv axborotlarini kompiyuter orqali vizuallashtirish;
-
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni moderlashtirish;
-
kompiyuterda labaratoriya mashg’ulotlarini bajarish;
-
o’qishga qiziqishni ortirish;
-
optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish;
-
o’quvchida axborot madaniyatini shakllantirishni kiritish mumkin.
Axborot texnologiyalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalar innovatsion
taxnologiyalarni dars jarayonida va darsdan tashqarida qo’llash dars samarasini
yanada oshiradi.
Zamonaviy o’qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonida innovatsion usullardan
foydalana bilishi va amalga oshira olishi lozim.
Bu jarayonda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar:
-
innovatsion texnologiya tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi;
-
innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni
va rolini bilishi;
-
innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash printsiplarini bilishi;
-
ta’limiy va ishchanlik o’yinlarini bilishi;
-
muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi;
-
o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash
yo’llarini bilishi;
-
o’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlash maxoratini oshirish usullarini
egallashi;
-
ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi;
-
ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab, na’munaviy imitatsiya o’quv
mashg’ulotlarini o’tishi;
-
ta’lim-tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi va egallashi kerak.
-
uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalana olishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: |