Innovatsion texnologiya
lar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritishdir.
Interaktiv
(ingl. Interaction-o’zaro ta’sir)
metodlar
- bu jamoa bo’lib
fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim
mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki,
ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga
oshiriladi.
Zamonaviy insonning o’qish jarayoni faqat, bog’cha maktab, litsey yoki
kollej, oily o’quv yurti bilan tugamaydi. Inson butun umr davomida ta’lim olishi
zarur yani ta’lim uzluksiz bo’lishi kerak. Malaka oshirish institutlarida ham
o’qituvchilar o’qib, izlanib, bilimlarini yangiliklar bilan boyitib bormoqdalar.
Jizzax davlat pedagogika institutida ham nofizik mutaxassislik yo’nalishi
talabalariga yangi pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalariga doir bir
necha usullarni ko’rsatish va ularni darsda ijobiy qo’llash bo’yicha metodik
tavsiyalar berish, ushbu texnologiyalarni amalda qo’llay olishga yo’naltirilmoqda.
Nofizik mutaxassislik yo’nalishi talabalarini
-
elektron darslik
-
multimediya tizimlari
-
avtomatik loyihalash
-
internet tarmoqlari va texnologik vositalar orqali bilimlari boyitib
borilmoqda.
Institutda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv
jarayoniga joriy etish ko’llamini kehgaytirish, bu yo’nalishda ilg’or tajribalarni
tadbiq qilish, bu sohada fizika fani bo’yicha rejalarni aniq tuzish, talabalarni
elektron dars ishlanmalari bilan taminlash, ularga fan yuzasidan uslubiy va
metodik tavsiyalarni etkazib berish keng yo’lga qo’yilmoqda.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, fizika ta’limi tizimiga innovatsion
pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash orqali ta’lim
samaradorligini yuqori pog‘onalarga ko‘tarishni amalga oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1.
Ishmuhamedov R, Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalar. Toshkent.Nihol. 2013.
2.
Ta’limda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, loyihasi
asosida “AKT yordamida fizikani o'qititish”. Toshkent . Vektor press .2010.
Dostları ilə paylaş: |