Texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 44,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü44,37 Kb.
#195252
  1   2
229-Текст статьи-451-1-10-20201206



TALABALARNING FIZIKA FANIDAN O’ZLASHTIRISH 
DARAJALARINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
 
Irmatov Fozil Muminovich, A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va uni 
o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi 
Keyingi yillarda Respublikamizda amal qilinayotgan ta’lim to‘g‘risidagi 
qonunlarda ta’lim tizimini isloh qilish vazifasi belgilanib, barcha ta’lim 
muassasalariga fanlarning o‘qitilishini zamonaviylik, insonparvarlik, beriladigan 
bilimlar ko‘lamini hayotiy jarayonlar bilan ta’minlash, buning uchun o‘qitishning 
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash kabi talablar qo‘yilgan. 
Bulardan ko‘rinadiki, hozirgi paytda fizika ta’limiga innovatsion pedagogik 
va axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish pedagogik- uslubiy g‘oyaga 
aylangan. Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib kelishi ayniqsa fizika 
fanini o‘qitishda yangi turdagi mashg‘ulot turlarining (fizik model bilan tanishuv, 
kompyuterda tajriba o‘tkazish, eksperimental masalalar yechish, tadqiqot olib 
borish, ijodiy topshiriq) vujudga keltirishga sabab bo‘ldi. Bular orasida fizika 
ta’limini asosiy muammolaridan biri laboratoriyalarning virtual stendlarini 
yaratish, fizik jarayonlarni modellashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan 
biridir. 
Jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, Respublika ta’lim tizimida amalga 
oshirilayotgan islohatlar jahon andozasiga mos yetuk va yuqori darajada 
fikrlaydigan kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa o‘qitishni ham mazmun, 
ham uslub jihatdan yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keladi. Shu munosabat 
bilan ilmiy-metodik izlanishlar olib borish, jumladan kompyuter texnologiyalarini 
ta’lim tizimida foydalanishga oid yangi turdagi dastur va darsliklarning yangi 
avlodini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars 
mashg‘ulotlarini tashkillashtirish zaruriyati tug‘iladi. 
Fizika fanini o‘rganishda bilimlarni amaliy hamda ko‘rgazmali (vizual) 
namoyish etish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv jarayonida talabalar tomonidan 
fizik bilimlarni o‘rganishda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining 
samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, fizika fanini o‘qitishda va tajribalar o‘tkazishda ma’lum 
muammolarga duch kelinadi. Ular orasida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini 
o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning yetarli emasligi, narxining 
yuqoriligi, ma’lum fizik jarayonlar mohiyatini oddiy laboratoriya vositalari 
yordamida amalga oshirishning imkoniyati yo‘qligi kabilarni alohida qayd etish 
mumkin. 


Fizika fanlari bo‘yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun 
o‘quv topshiriqlarini “Сroсodile Physiсs”, “Сroсodile Technology”, “Interaсtive 
Physiсs”, “Physics Education Technology (PhET)” kabi dastur paketlari asosida 
berilishi o‘qituvchining vazifasini osonlashtirish bilan birga vaqtni tejash hamda 
talabalar o‘quv faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. 
Bu borada Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini 2013-2020 yillarda 
kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish ulkan imkoniyatlar eshigini 
ochishi shubhasiz. Zero, Prezidentimiz internet tarmog’ini jadal rivojlantirish bilan 
uning texnik imkoniyatlarini yanada ko’paytirish, keng polosali optik tarmoqlarni 
kengaytirish va optik tolali aloqa tarmoqlarini qurishni davom ettirish, barcha 
hududlarni, shu jumladan, uzoq va chekka hududlarni raqamli televideniega 
o’tkazish ishlarini nihoyasiga yetkazish zarurligiga e’tiborni qaratdi. Barcha fanlar 
qatori fizika ta’limiga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini jadal 
tadbiq etish ham davr talabidir. Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib 
kelishi ayniqsa, fizika fanini o‘qitishda yangi turdagi mashg‘ulot turlarining (fizik 
model bilan tanishuv, kompyuterda tajriba o‘tkazish, eksperimental masalalar 
yechish, tadqiqot olib borish, ijodiy topshiriq) vujudga keltirishga sabab bo‘ldi. 
Bular orasida fizika ta’limini asosiy muammolaridan biri laboratoriyalarning 
virtual stendlarini yaratish, fizik jarayonlarni modellashtirish shu kunning dolzarb 
muammolaridan biridir. 
O‘quv 
mashg‘ulotlarini 
zamonaviy 
tashkillashtirishning 
xarakterli 
xususiyatlaridan biri - o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini oshirish 
maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishdir. Bunda kompyuter 
nafaqat hisoblash ishlarini bajarish hamda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish 
asosi hisoblanadi. 
Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qitish quyidagi ko‘rinishlarda 
amalga oshirilishi mumkin: 
-
«Kirib boruvchi» texnologiyalar (alohida mavzular va bo‘limlar bo‘yicha 
ma’lum bir didaktik masalalar uchun kompyuter o‘qitishni qo‘llash). 
-
Asosiy, qo‘llanayotgan aniq texnologiyadan o‘ta muhim qismini 
aniqlovchi. 
-
Monotexnologiyalar (ta’lim, o‘quv faoliyatini boshqarish, tashxis va 
monitoringni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashga asoslanadi). 
Kompyuter o‘qitish vositasi sifatida talabaga ham, o‘qituvchiga ham 
yordamchi bo‘la olishi mumkin. O‘qituvchi uchun u - avtomatlashgan guruh 
jurnali, savol-javob qilish va o‘qitish natijalarini ishlab chiqish vositasi, darslarga 
tayyorlanish va laboratoriya praktikumlari va namoyish tajribalarni o‘tkazish 
uchun asos hisoblanadi. O‘quvchi uchun - vazifalarni bajarish vositasi, ikkovlari 
uchun esa - real olamni modellashtirish vositasi hisoblanadi. Kompyuter talaba 


uchun turli funksiyalarni: o‘qituvchi, o‘qitish ob’ekti, hamkorlikdagi jamoa, dam 
olish (o‘yin) muhiti hisoblanadi. 
Fizikadan masala yechish mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalar 
yordamida tashkillashtirish o‘quv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Dars 
berish davomidagi tajribalardan ma’lumki, ko‘pgina talabalar fizika fanidan 
berilgan masalaning shartini tushunishda ma’lum bir qiyinchiliklarga uchrashadi. 
Talaba masala shartini tushunmasdan yechish uchun masala shartida 
qatnashayotgan fizik kattaliklarni o‘zida aks ettirgan formulani topishga harakat 
qiladi. Bu holatda vujudga keladigan didaktik muammolardan biri berilgan fizik 
masalada kechayotgan fizik jarayonning hayoliy modelini tassavur eta 
olmasligidadir. Bu holatda o‘qituvchi talabaga berilgan masalani tushunib olishi 
uchun chizma chizishni taklif qiladi, lekin chizilgan chizma orqali kechayotgan 
fizik jarayonni to‘laqonli tasvirlash qiyin hisoblanadi. Ayniqsa, fizikaning 
mexanika bo‘limiga oid masalalarning aksariyati harakat bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalardir. Masalani yechish uchun chizilgan chizma esa qaralayotgan fizik 
jarayonni statik ko‘rinishdagina tasvirlash mumkin bo‘ladi, bu esa kechayotgan 
fizik jarayonning ayrim bir holatinigina aks ettira oladi. 
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda 
jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga 
bog’liq. Ta’limning mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustivor yo’nalish 
sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivolanayotgan mamlakatlarida 
ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinayabdi. 
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, o’quv-tarbiya jarayonlarining barcha 
bosqichlarini jadallashtiradi. Bunda axborot texnologiyalarida foydalanish asosida 
ta’lim sifati va samaradorligini ortishi talabalarning bilish faoliyati oshadi, 
fanlararo aloqalarini chuqurlashganini kuzatish mumkin. Axborot texnologiyalarini 
joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorlikka erishiladigan metodik 
maqsadlarga: 
-
o’qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash; 
-
o’z-o’zini nazorat qilish; 
-
o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil 
o’zlashtirishni tashkil etish; 
-
o’quv vaqtini tejash; 
-
o’quv axborotlarini kompiyuter orqali vizuallashtirish; 
-
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni moderlashtirish; 
-
kompiyuterda labaratoriya mashg’ulotlarini bajarish; 
-
o’qishga qiziqishni ortirish; 
-
optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish; 
-
o’quvchida axborot madaniyatini shakllantirishni kiritish mumkin. 


Axborot texnologiyalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalar innovatsion 
taxnologiyalarni dars jarayonida va darsdan tashqarida qo’llash dars samarasini 
yanada oshiradi. 
Zamonaviy o’qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonida innovatsion usullardan 
foydalana bilishi va amalga oshira olishi lozim. 
Bu jarayonda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar: 
-
innovatsion texnologiya tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi; 
-
innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni 
va rolini bilishi; 
-
innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash printsiplarini bilishi; 
-
ta’limiy va ishchanlik o’yinlarini bilishi; 
-
muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi; 
-
o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash 
yo’llarini bilishi; 
-
o’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlash maxoratini oshirish usullarini 
egallashi; 
-
ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi; 
-
ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab, na’munaviy imitatsiya o’quv 
mashg’ulotlarini o’tishi; 
-
ta’lim-tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi va egallashi kerak. 
-
uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalana olishi 
lozim. 

Yüklə 44,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin