SCOP va CATH domenlarining strukturaviy tasniflari
Molekulyar dinamika
Bioinformatika hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy jamoatchiligi orasida tez-tez quloqqa
chalinib turadigan atamalardan biriga aylanib bo’ldi. Vaholanki bir necha o’n yillar avval
biologiya va informatikani bir-biridan alohida fan sifatida tushunar edik. Lekin buni qarangki
biologiya va informatika fanlarining ham o’zaro kesishgan nuqtasi bor ekan. Ana shu nuqtada
bioinformatika fani yuzaga kelgan.
Bioinformatika
bu biologik ko’rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni
ishlab chiquvchi fan. Tadqiqotchi tomonidan biologiyaning biror sohasida tajribalar olib borgan
sayin ushbu yo’nalishga oid biologik ma’lumotlar ko’lami ortib boraveradi. Bu esa ushbu
ma’lumotlarni qo’lda analiz qilish imkonini qiyinlashtiradi. Xuddi mana shu yerda biolog
axborot texnologiyalariga ehtiyoj seza boshlaydi. Biologik ko’rsatkichlarni kompyuter unga
yuklangan dastur asosida hisoblaydi, guruhlarga ajratadi, analiz qiladi, qayta ishlaydi. Bu ishning
aniq va qisqa vaqtda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Bioinformatika qayerda qo’llaniladi?
Hozirgi rivojlangan dunyoda alohida fanlar katta yutuqqa erisha olmaydi. Integratsiyalashgan
fanlar yoki yo’nalishlar esa nisbatan ulkan natijalarga erisha oladi. Shu bois agar biolog o’z
navbatida axborot texnologiyalaridan, dasturlash tillaridan xabardor bo’lsa, mehnat bozorida
unga bo’lgan ehtiyojning yuqori bo’lishiga va o’z navbatida katta moliyaviy manbaga erishishiga
sabab bo’ladi. Ayni vaqtda
farmatsevtika, biotexnologiya, meditsina, biokimyo, biofizika,
ekologiya, filogenetika, genetika
kabi sohalarda bioinformatika fani va uning metodlariga
bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Hattoki klassik fanlardan hisoblangan
sistematika,
zoologiya, botanika
fanlari ham so’nggi o’n yillikda bioinformatikaga tez-tez murojaat qilmoqda.
Ayniqsa turlarni aniqlash borasida bioinformatika usullaridan keng foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: