9
ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexa-
nizatsiyalashga birinchi qadamni qo‘yishga sababchi bo‘ldi.
Rus mexanigi I.P. Êulibin (1735—1818) soat mexanizmini
tishli g‘ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi.
O‘sha vaqtda harbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlab
chiqarishning namunasi bo‘ldi, u ishlab chiqarish texnologiyasiga
o‘zaro almashinuvchanlik tamoyilini kiritilishiga asos bo‘ldi.
Ma’lumki, o‘zaroalmashinuvchanlik tamoyili bo‘yicha ishlab
chiqarishni tashkil etish instruksiyasi Rossiyada ishlab chiqildi va
Tula zavodiga yuborildi. Bu deyarli 25 yil fransuz muhandisi
Leblandan va 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar syezdi-
gacha, ya’ni Djozef Vitvord o‘zaroalmashinuvchanlikning asosiy
vazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi.
XIX asrning oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalarda
detallarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo‘yimlari (dopusklari)
ko‘rsatila boshlandi.
Texnologik jarayonlarning o‘rganilaboshlanishi, ya’ni tanavor-
larga ishlov berish uslublari, buning natijasida o‘lchamiga, shak-
liga, sifatiga va ularning ishiga qo‘yiluvchi talablarga mos keluvchi
tayyor buyum olinishi, o‘tgan asrning birinchi yillariga to‘g‘ri
keladi.
Tabiat predmetlarining sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyojini
qondiradigan buyumlar yaratish jarayoniga
Dostları ilə paylaş: