Texnologiyasi fanining maqsad va



Yüklə 32,27 Kb.
səhifə2/2
tarix11.10.2023
ölçüsü32,27 Kb.
#153996
1   2
1-MA\'RUZA

Mahsulot-iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy Mahsulot koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, ilmiy texnologiya natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, informatsion Mahsulotlar, adabiyot va sanʼat asarlari-intellektual Mahsulotlar yaratiladi.
Xizmat koʻrsatish sohasida yaratiladigan va moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan Mahsulotlar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega boʻlmaydi. Oʻziga xos xususiyati shundaki, uning foydali samarasini xizmatni yaratish, koʻrsatish jarayonlaridan ajratib boʻlmaydi. Mas, vrachlar, oʻqituvchilar xizmati Mahsulot oraliq va pirovard Mahsulotlarga boʻlinadi. Oraliq Mahsulot-ishlab chiqaruvchilardan ishlab chiqaruvchilarga sotiladigan Mahsulot boʻlib, ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida foydalanilishi bilan pirovard Mahsulotdan farq qiladi. Mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan va yalpi qiymati bozor narxlarida hisoblangan. Jami milliy iqtisodiyotning pirovard Mahsuloti yalpi ichki mahsulot (YAIM) ni tashkil qiladi.
Mahsulotni tayyorlash bosqichi
Mahsulotni tayyorlash bosqichi ish joyini tashkil etishdan boshlanadi. Ish jarayoni vaqtida ish yuritish madaniyatiga rioya qilish lozim.
Bunga:

  • mahsulot tayyorlash ketma-ketligini inobatga olish;

  • xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish;

  • ishni mustaqil bajarish;

  • mehnat intizomiga rioya etish;

  • ish joyida tartib o‘rnatish, ish joyini yig‘ishtirish va ishni yakunlash kiradi.

Bu kabi talablarga doimiy rioya etish ishni tez va sifatli bajarishga yor- dam beradi.
Yakuniy bosqich


Bunda mahsulot iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslanadi, mahsulot reklamasi tayyorlanadi, loyiha taqdimoti tayyorlanadi va o‘tkaziladi. Mahsulotni iqtisodiy asoslashda ijodiy loyihadagi obyekt tannarxi (ya’ni mahsulotni tayyorlashdagi xomashyo, ishchi kuchi va boshqa xarajatlarni inobatga olgan holda) belgilab beriladi. Mahsulotni ekologik asoslash ijodiy loyihaning bir qismi bo‘lib, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ekologik baho beriladi. Mahsulot reklamasi esa ishlab chiqarilgan mahsulotga qiziqishni uyg‘otadi

va uning bozordagi harakatini ta’minlaydi.


Loyiha taqdimotini tayyorlash va o‘tkazishda tayyor mahsulot va unga tegishli barcha hujjatlar taqdim etiladi. Tayyor mahsulot bilan butun sinf oldida 3–5 daqiqaga mo‘ljallangan ma’ruza tashkil qilinadi. Loyihasini himoyaga olib chiqqan o‘quvchi dastlab mahsulotining afzallik va kamchiliklari haqida gapirib beradi.


Mustahkamlash uchun savollar

  1. Fanning maqsadi haqida gapirib bering.

  2. Texnologiya so’ziga ta’rif bering.

  3. Mahsulot so’ziga ta’rif bering va unga qo’yilgan talablarni tushuntiring.



Adabiyotlar:

  1. Garfield Simon. Just my type: a book about fonts.–London, 2010, 352 pp.

  2. Paul Hughes, Ghislaine van Drunen. Dynamik identities. How to create a living brand.–Amsterdam, 2012, 48 p.

  3. Shoyoqubov Sh.K. O’zbek xalq amaliy-bezak san’ati.–T:, 2009

  4. Shoyoqubov Sh. Zamonaviy O’zbekiston miniatyurasi.–T.:, 2006

  5. Z.Davletsheva. Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent “Sano standart” nashriyoti 2017 yil.

Gaipova N.S.va boshqalar. Tikuvchilik texnologiyasi asoslari. o’quv qo’llanma. T.: “Adabiyot” 2006
Yüklə 32,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin