MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZU: Texnologiya va dizayn. Mahsulot tayyorlash texnologiyasifanining maqsad vavazifasi.
Mavzu rejasi: Texnologiya va dizayn. Maxsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.
Texnologiya va dizayn tushunchasi.
Fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg’or texnologiyalar bilan talabalarni tanishtirish.
Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari.
Texnologiya (grekcha: „techno“ - hunar, usta va „logos“- fan, taʼlim)-ilmiy- praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.
Texnologiya (yunoncha techne— sanʼat, mohirlik, o’quv)-sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan.
Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar. Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar qazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Maxsulotni, pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va h.k.) shunchalik sifatli boʻladi.
Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iborat. Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.
Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat protseslarda foydalanuvchi materialning, xom-ashyonining yoki ayrim mahsulotning bichimini, oʻlchamini, hususiyatini, kuyini oʻzgartirish shartlaridan iborat.
Umumiy sanoat protsesning boʻlagi boʻlib hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashish, saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-harakatlar ham texnologiya deb
ataladi. Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab chiqarishning, xizmatning, oʻqitishning, v.b. turli sohalarga innovatsiya texnologiyasi tushunchasi kirilmoqda. Hozirgi vaqtda texnologiya:
xalqaro standartga mos texnologiya boʻlib boʻlinadi.
Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar ishlab chiqarish talablariga mos ravishda ishga oshirilmoqda.
Dizayn (ing . design-loyiha, chizma, rasm)-narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 80-y. 2-yarmidan Dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (mas, materialshunoslik, rangshunoslik va b.) ga tayanadi, ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bo’lishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos Dizayni boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.