The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə100/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130
The economy of enterprise

Qisqacha xulosalar

Investitsiyalar qoidaga ko’ra, amaliyotda mamlakat miqyosida davlat tomonidan, mikroiqtisodiyotda esa korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo’jalik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriluvchi ivestitsion siyosat asosida moddiylashtiriladi.


Investitsiyalar real, yalpi, moliyaviy va portfel turlariga taqsimlanadi. Real investitsiyalar korxonaning iqtisodiy potentsialini yaxshilashda muhim vosita hisoblanadi.
Investitsiyalashning to’g’ri tanlangan taktika va strategiyasi korxonalarga ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish hamda ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti va bozor talablariga javob beruvchi ko’rinishga olib kelishga imkon beradi.
Korxonaning ivestitsion siyosati investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda investitsiyalashning eng samarali variantlarini tanlash bilan bog’liq bo’ladi.
Minimum xarajatlar va maksimum natijalar - investitsiyalar va investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda uslubiy asos hisoblanadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Investitsion siyosat nima va u davlat va korxonalar miqyosida qanday maqsadlarni ko’zda tutadi?

  2. “Investitsiyalar” va “kapital qo’yilmalar” tushunchalari o’rtasidagi farqlarni tavsiflab bering.

  3. Investitsion jarayonlarni qaysi asosiy bosqichlar tavsiflaydi?

  4. Investitsiyalar tarkibi va strukturasi nima va ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri qanday?

  5. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning qaysi usullari sizga ma’lum?

  6. Korxonalar investitsion siyosatining mohiyati nimada?




  1. Investitsiyalarning eng samarali variantini tanlashda qaysi usuldan foydalanish maqsadga muvofiq?

  2. Investitsiyalar samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlaridan qaysilarini bilasiz?

  3. Investitsiyalarning qoplanish muddati nima va u qanday aniqlanadi?

  4. Respublikada amalga oshirilayotgan eng mashhur investitsion loyihalarni aytib bera olasizmi?




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin