Kursni ўrganish maqsadi korxonalarni ishlab chiqarish kuchlarini rivojolantirishdagi va milliy iqtisodiyotni kўtarishdagi rolini va ўrnini aniqlashdan iborat. Fan talabalarda zarur aniq iqtisodiyot bilimlarni shakllashtirishga qaratilgan bўlib, bu esa bozor munosabatlari va iqtisodiy ishlarni markazi hozirgi kunda birlamchi bўg’in korxona iqtisodiyoti darajasiga kўtarilgan sharoitlarda juda muhim hisoblanadi.
Kurs bўyicha bakalavr quyidagilarni bilishi kerak: boshqa xўjalik sub’ektlaridan korxonalar funktsiyalari va belgilarini; korxonalar faoliyatiga taalluqli va unga aloqasi bўlgan qonunlar va qonun hujjatlarini; kursda ўrganiladigan muammo va vazifalarni mantiqiy, ketma-ketligini va ўzaro aloqadorligini; turli xil iqtisodiy va tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni mustaqil hisoblash va tўg’ri tahlil qilish uslublarini; olingan bilimlarni ishlab chiqarish amaliyotida qўllashni; kursda kўzda tutilgan mustaqil ishlarni ўz vaqtida va sifatli bajarish qobiliyatiga ega bўlishlari kerak.
tarmoq va milliy iqtisod rivojining hozirgi yўnalishi va qonuniyatlari hamda ularning bozor munosabatlariga ўtish borasida;
xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan ishlar tўg’risida;
texnik va texnologiya, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish, rag’batlantirish va hokazolar tўg’risida;
ushbu mutaxassislikning ўquv rejasiga kiritilgan va u bilan ўzaro aloqada bўlgan fanlarning muhim mavzulari tўg’risida;
ushbu fan sohasiga taalluqli yangi texnologiyalar tўg’risida tasavvurga ega bўlishlari kerak;
bilishi kerak:
Ўzbekiston Respublikasining qonunlari, qonuniy hujjatlarni va ularni korxonaning ishlab chiqarish faoliyati sohasida amalga oshirishning yўnalishlarini;
korxonalar xўjalik faoliyatini tubdan ўzgartirish sohasidan davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini;