Klaster tushunchasini bir biriga bog’liq
tushunchalar, fikrlar, g’oyalar majmuasi yoki to’plami kabi ta’riflash mumkin. Qo’yilgan savolni katta qog’ozning markaziga 1-2 so’z orqali ifodalagan holda yoziladi
va doira ichiga olinadi, uning atrofidan chiquvchi chiziq tortib kichik doiralar chiziladi. Bu kichik doiralarga qo’yilgan savol mohiyatini ochib beruvchi yoki unga bog’liq fikr-mulohazalarni 1-2 ibora bilan yoziladi. Keyingi bosqichda esa kichik doiradagi iboraga oid fikrlarni bayon qilish uchun kichik doiradan chiziqlar tortilib doiralar chiziladi va ularning ichiga oldingi doira ichidagi iboraga bog’liq yoziladi. Bunday bosqichni bir necha marotaba davom ettirish mumkin va oqibatda asosiy savolni yoritib beruvchi fikrlar to’plami yuzaga keladi. Bunda guruh a’zolari o’zlari hohlagan va to’g’ri deb hisoblagan fikrlarini bayon qilishlari mumkin. Klasterni muhokama qilish jarayonida esa qo’yilgan savolga aloqador va eng to’g’ri g’oyalar tanlab olinadi.
Misol. Korxonaning asosiy fondlari klasterining bir qismi.
4 – ilova
Mustaqil ishlash va muhokama uchun savollar.
Asosiy fondlar nima va ularning kengaytirilgan ishlab chiqarishdagi roli qanday?