The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə118/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
The economy of enterprise

IZOHLI LU/ATLAR


Aktsiyadorlik jamiyati - aktsiyadorlar va muassislar mablag’i evaziga shakllangan kapitalga ega bo’lgan huquqiy shaxs maqomiga ega kompaniya. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning mablag’larni aktsiya sotish yo’li bilan jalb etishga asoslangan shakli.




Aylanma ishlab chiqarish fondlari – ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, o’rov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va hokazo). Har bir ishlab chiqarish tsiklida to’liq sarflanadi hamda
korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga sotib olinadi.

Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish,
tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o’zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida ifodalanishi.

Aktsiya – aktsiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aktsiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish
huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz.

Aktsiyadorlik kapitali – aktsiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning hajmi
Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag’lar va aktsiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.

Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o’tkazilishi; mablag’larning maqsadli
ravishda jamg’arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o’rnini qoplashga ishlatilishi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin