The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə119/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
The economy of enterprise

Amortizatsiya vositalari - korxona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun
maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.

Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab
chiqarishga mo’ljallangan pul mablag’lari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirish mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o’tkazadi. Kapital qo’yilmalar
hisobiga to’ldiriladi.

Asosiy fondlarning eskirishi – asosiy fondlarning (binolar, qurilmalar va boshqa mehnat vositalarining) asta-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini yo’qotishi. Asosiy
ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va ma’naviy turlari mavjud.

Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo’li
bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi.

Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha
turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.

Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. Qoidaga ko’ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol-
mulkini qarzlarni to’lash uchun sotib yuborishga olib keladi.

157









Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin