The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə122/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
The economy of enterprise

Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to’liq va oqilona foydalangan holda ishlab
chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal hajmi.

Ishlab chiqarish rentabelligi – umumiy (balans) foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtiriluvchi aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga
nisbati sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi.

Ishlab chiqarish tuzilmasi– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari - tsexlar,
uchastkalar, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi.

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi
bir xil bo’lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarishni yiriklashtirish – mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni
tashkil qilish.

Ishlab chiqarishni kimyolashtirish – mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy
mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.

Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi – bir tomonlama, ko’pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi
mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish.

Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish
yo’li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin