Jismoniy eskirish – mehnat vositalarining foydalanish va tabiat kuchlari ta’siri ostida moddiy jihatdan emirilishi. Mehnat vositalarining ma’naviy eskirishi ularning to’liq jismoniy eskirishdan oldindanroq, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqoriroq vatejamkorbo’lganmashinavaqurilmalarpaydobo’lishitufayliyuzberishi mumkin.
Ijara - mulkni ma’lum bir haq to’lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish to’g’risidagi shartnomaga asoslangan holda yollash.
Ilmiy-texnik salohiyat– mamlakatdagi fan, texnika va muhandislik ishlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining umumiy tavsifnomasi.
Investitsion siyosat– kapital qo’yilmalarning eng ustivor yo’nalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish, sarflangan har bir so’mga mahsulot o’sishi va milliy daromadning eng yuqori ko’rsatkichlariga erishish.
Investitsiyalar- mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishi.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Innovatsiya- jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini majmuasi.
158
Infratuzilma- sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmatko’rsatuvchixo’jaliktarmoqlarimajmuasi.Transport,aloqa,savdo,moddiy- texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlashni o’z ichiga oladi.