Kapital qo’yilmalar - asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirishga sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
Kapital sig’imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini - milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko’rsatkich.
Kombinatsiyalash– bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
Konversiya- korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o’tishi.
Kooperatsiya qilish- yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish.
Korxonaning optimal hajmi – mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)bo’yichaimzolanganshartnomavamajburiyatlarnio’zmuddatida,eng kamxarajatlarbilanengyuqorisamaradorlikkaerishganholdabajarishimkonini