Mahsulotning mehnat sig’imi–mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari bo’lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatningishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
Mahsulotning texnik darajasi– baholanayotgan mahsulotning texnik takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi.
Mahsulotning yashash davri– mahsulot hayotining beshta bosqichinining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, bozorning to’yinishi va ma’naviy eskirish.
Mehnat unumdorligi–insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi– tadbirkor va ishga kiruvchi shaxs o’rtasidagi kelishuv, unda ko’ra xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ish boshlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi.
Nizom(ustav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o’rtasidagi munosabatlar vahokazolarni o’z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.
Raqobat – bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni sotish, kapitalni foydaliroq joylashtirishda raqiblik asosida xo’jalik nisbatlarini shakllantirish bilan bog’liq elementi.