Fondlar bilan ta’minlanganlik – asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan
ta’minlanganlik ko’rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har bir xodimi yoki ishchisiga to’g’ri keluvchi hajmi).
Franchayzer - franchayzi bilan franchayzing shartnomasi imzolovchi yirik korxona
(korporatsiya, firma va hokazo).
|
Franchayzi (operator) – yirik franchayzer korxona bilan bitim tuzuvchi kichik
korxona.
|
Franchayzing - yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli; o’zaro foydali
hamkorlik munosabatlari.
|
Xolding kompaniyasi - o’z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aktsiyalarini sotib olishda
foydalanuvchi aktsiyadorlik kompaniyasi.
|
Xususiylashtirish – davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa, aktsiyadorlik va xususiy mulkka o’tkazishda mulkchilik munosabatlarining o’zgarish
jarayoni.
|
Yalpi daromad – korxona faoliyatining yakuniy natijalarini tavsiflaydi hamda yalpi pul tushumi va mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanuvchi barcha xarajatlar
o’rtasidagi farqni ifodalaydi.
|
Yalpi pul tushumi – tovar mahsuloti, ish, xizmat va moddiy boyliklarni sotishdan
tushuvchi pulning umumiy miqdori.
|
Yalpi foyda – korxona yalpi daromadining barcha majburiy to’lovlarni chiqarib
tashlagandan so’ng korxona ixtiyorida qoluvchi qismi.
|
Huquqiy shaxs – fuqarolik sub’ekti sifatida faoliyat yurituvchi, mustaqil balans,
gerbli muhr va bankda hisob raqamiga ega, Nizom asosida faoliyat yurituvchi hamda
|
162
|