The economy of enterprise


Boshqaruvning matritsali tuzilmalari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə32/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
The economy of enterprise

Boshqaruvning matritsali tuzilmalari turli xil bo’lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funktsiyalarini tashkiliy tuzilmalar o’rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo’llaniladi.

Boshqaruvning matritsali tuzilmalari rahbarlardan juda yuqori boshqaruv vakolatini talab qiladi. Bunday tuzilmadan foydalanganda yuzaga keluvchi muammo va vazifalarni echish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlarni tuzish mumkin. To’g’ri, buning uchun jamoa oldida yuzaga keluvchi loyiha topshiriqlarni bajarish uchun qo’shimcha xarajatlar talab qilinishi mumkin.


Boshqaruvning istalgan tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirishda hamda amaliyotda qo’llashda tezkorlik, optimallik, ishonchlilik va tejamkorlik kabi asosiy talablarga javob bera olishiga e’tibor qaratilish lozim. Bu talablar qanchalik to’liq va yaxshi bajarilsa, korxonani boshqarish tizimining sifat ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, boshqaruv ob’ekti va boshqaruvchi tizim (boshqaruv apparati) o’rtasida, boshqaruv funktsiyalari yordamida tartibga solinuvchi ma’lum bir munosabatlar yuzaga keladi.
Boshqaruv funktsiyalari ob’ektiv jihatdan zarur va albatta qaytariluvchi xatti-harakatlar majmuasi bo’lib, mazmuni va yo’nalish maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi. Boshqaruv funktsiyalari butun boshqaruv jarayoni davomida uzluksiz tarzda amalga oshiriladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarishning turli bosqichlarida turli xil salmoqqa ega bo’ladi.
Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab- yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish.

  2. Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish) – joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko’ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda prognozlashtirish ehtimollik tavsifiga ega bo’ladi.

  3. Tartibga solish – ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko’rsatkichlardan chetga og’ishlarni to’g’rilab borish.

  4. Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo’naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo’naltirish.

  5. Nazorat – joriy ko’rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash.

  6. Hisobga olish – korxonaning ma’lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash.

  7. Tahlil – ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish.



B o ’ l i n m a l a r


4.4.-chizma. Boshqaruvning matritsali strukturasi

Shuni qayd qilib o’tish kerakki, boshqaruv funktsiyalari o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Boshqaruv faoliyatining bitta turi boshqaruvning bir nechta funktsiyalari belgilariga ega bo’lishi va ular o’zaro chambarchas bog’lanib ketishi mumkin. Shu bilan birga har bir funktsiya o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularni bilish rahbarning professional mahorati shakllanishida muhim rol o’ynaydi.






    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin