The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə103/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
The economy of enterprise

Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta’minlash taktika va strategiyasiga bo’lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to’g’ri yo’llarin tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

      • qonuniylik tamoyillari;

      • mustaqillik va mas’uliyat;

      • iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;

      • maqsadli-dasturiy rejalashtirish;

      • o’zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;

      • mehnatni ilmiy tashkil qilish.

      • oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg’unligi

      • Ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka




    1. Korxona xavfsizligini ta’minlashni tashkil qilish va boshqarish

Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida, har bir alohida holatdagi aniq harakat bo’lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o’zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik kontseptsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur.


Xavfsizlik kontseptsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi muhit ta’sirini inobatga olishi zarur. Bu ta’sirni chizma ko’rinishida aks ettirish mumkin (12.1-chizma).
Shu bilan bir vaqtda korxona o’z faoliyatining muhim yo’nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo’riqlash tartibini yaratish lozim.
Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko’rsatadi:

  1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog’i qurilma va uskunalarini qo’riqlash tartibini ta’minlash.

  2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo’lgan vakolatni boshqarish, kelib- ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash.




  1. Xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha ma’muriy faoliyat - personalni tayyorlash va o’qitish, inspektsiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

  2. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - yong’inlarning oldini olish, yong’in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazolar.







Бевосита таъсир омиллари










етказиб берувчилар
мащсулот истеъмолчилари
ра=обатчилар
=онунлар ва муассасалар тартибга солиш
касаба уюшмалари








Билвосита таъсир омиллари










мамлакат и=тисодиётининг ащволи
ижтимоий ва сиёсий ызгаришлар хал=аро во=еалар
гурущ манфаатларининг таъсири фан-техника тара=иёти
бош=а омиллар






12.1-chizma. Korxona xavfsizligiga tashqi muhitning ta’siri.

Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta’minlash natijalari to’g’risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollardagina xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo’lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo’limlarini zaruriy qoidalarni qo’llash va ularga amal qilishini nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko’zda tutadi.


Hozirgi jamiyatning axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko’rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta’minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menedjment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo’limlar kabi iqtisodiy bo’linmalar bilan chambarchas bog’liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka ko’proq yondashgan holda ularning foliyatini to’ldirishi zarur.




    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin