The economy of enterprise


Korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə24/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
The economy of enterprise

Korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi

Yuqorida aytib o’tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi ma’lumotlarni 12 kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga kiritish uchun taqdim etishlari shart.
Davlat ro’yxatidan o’tish uchun korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaror, korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriluvchi ro’yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Korxonani davlat tomonidan ro’yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilish lozim. Korxonalarni ro’yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi.
Agar korxonani ro’yxatga olish o’z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi ro’yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta’sischi sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro’yxatga olishdan asossiz ravishda bosh tortish mahalliy hokimiyat organlarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin.
Korxonani ro’yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi:

  1. Korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi ariza.

  2. Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaror.

  3. Korxona Nizomi.




  1. Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan Nizom jamg’armasining kamida 50% miqdoridagi qismi to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar.

  2. Davlat bojini to’laganlik haqida guvohnoma.

  3. Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini tasdiqlovchi hujjat.

  4. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash qo’mitasi yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat.

Ro’yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan jarayonlar amalga oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha soliq idoralarida hisobda turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi mumkin.




    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin