The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə64/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
The economy of enterprise

birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari bo’lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko’rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig’imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.
ikkinchi guruh - xususiy va natural ko’rsatkichlar bo’lib, ko’proq asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq.
Ko’rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo’yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi;

  • asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo’yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi;

  • asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi.

Ko’rsatilgan ko’rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma’noga ega bo’lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo’yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-uskunalarning smenalik koeffitsienti, uskunalarni koeffitsienti, smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan smenalarda foydalanish koeffitsienti kabi ko’rsatkichlar qo’llaniladi.
Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti mazkur uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo’yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi.

Кэкс
tхак
t

Bu erda:
реж

txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar;
trej – uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar.

Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo’lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffitsienti 0,71 (5(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi.


Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o’nta yoki yuztasidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffitsienti - sutka davomida mashina-smenalarning o’rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o’rinlariga nisbatini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu holda smenalilik koeffitsienti quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Bu erda:
Ксм
МС
КО

MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig’indisi; Ko - o’rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360 mashina-smena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta quyuv stanoklari esa 30 mashina-smena ishlagan. Ushbu holda barcha stanoklardan foydalanishning smenalilik koeffitsienti quyidagicha topiladi:






Ксм
360  50  30
200  60  40

 1,47


Uskunalarning smenalilik koeffitsientini aniqlashning yana bir yo’li bo’lib, unga ko’ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan ham to’liq foydalanilmasligi ko’zda tutiladi. Masalan, tsexda 270 dona uskuna o’rnatilgan bo’lib, birinchi smenada ulardan 200 tasi, ikkinchi smenada esa 190 tasi ishlagan. Bu holda uskunalarningsmenalilik koeffitsienti 1,44 (200190)270) ni tashkil qiladi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin