Korxonaning ishlab chiqarish quvvati
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) tsexlar quvvati bilan, tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir tsexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:
М n Фмакс
Мт
Bu erda:
M -tsex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - tsex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat; Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani
tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o’rtasidagi printsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
М Мн Мв n1 Мл n2
M o’r.yil – korxonaning o’rtacha yillik quvvati; M n – korxonaning yil boshidagi quvvati;
M v – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
M l – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat; n 1 , n 2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab
chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |