The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə85/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130
The economy of enterprise

Qisqacha xulosalar

Kadrlar siyosatiga ko’p narsa, birinchi o’rinda ishchi kuchidan qanchalik unumli foydalanish va korxona faoliyatining samaradorligini ta’minlash bog’liq bo’ladi.


Korxonada kadrlar ishchi, xizmatchi, mutaxassis va rahbarlarga bo’linadi. Rahbarlarga afzallikni berish lozim. Tadqiqotlar va amaliyot tajribalari shuni ko’rsatadiki, korxona faoliyatining samaradorligi 70-80 % ga korxona rahbariga bog’liq bo’ladi.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan korxonalar mehnatga haq to’lash sohasida katta mustaqillikka erishdilar. Tahlillar natijasida shu narsa ma’lumki, bu davrga kelib korxonalar ko’proq vaqtbay-mukofotli va tarifsiz haq to’lash, shuningdek, shartnoma asosida haq to’lashdan foydalana boshladilar.
Kadrlar, mehnat unumdorligi va ish haqi o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan tushunchalar hisoblanadi. Har bir korxonada mehnat va ish haqi bo’yicha reja tuzilib, uning maqsadlari ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topish va shu asosda mehnat mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bu rejalarga ko’ra, mehnat unumdorligining o’sish sur’ati o’rtacha ish haqi sur’atlaridan tezroq o’sishi lozim.
Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosatini qay tarzda tasavvur qilasiz?

  2. Kadrlar tuzilmasi deganda nima tushuniladi va uni belgilab beruvchi omillar qanday?

  3. Real ish haqi nominal ish haqidan nimasi bilan farq qiladi? 4.Mehnatga haq to’lashning qanday tizim va shakllarini bilasiz?




  1. Qaysi hollarda vaqtbay va ishbay haq to’lashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi?

  2. Nima sababli korxonada mehnat unumdorligi sur’atlari o’rtacha ish haqi sur’atlaridan ortiq bo’lishi lozim?

  3. Mehnat unumdorligi nima? Korxonada mehnat unumdorligining o’sish qanday ahamiyati kasb etadi?

  4. Korxonada mehnat unumdorligini aniqlashning qanday usularini bilasiz? 9.Mehnat unumdorligi va ish haqini rejalashtirish mohiyati nimada?

10.Qaysi omillar korxonada ishlab chiqarishning o’sishini belgilab beradi?



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin