The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə88/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
The economy of enterprise

Примечание [I8]:
bilan bir vaqtning o’zida ijtimoiy va tibbiy sug’urtalash, nafaqa ta’minoti, aholi bandlik fondlari, turli xil kompensatsion to’lovlarga ajratiluvchi mablag’lar miqdori ham ortib bormoqda.




    1. Примечание [I9]:
      Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari

Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo’lib, har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategorriya sifatida foydamoddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi.


Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali ega bo’ladilar. Zamonaviy xo’jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan mahsulot tannarxi shaklidagi individual xarajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy zaruriy xarajatlarni o’z ichiga olishi lozimligini sabab qilib ko’rsatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida korxonalar faoliyati foydaning rag’batlantiruvchi ahamiyatining ortishi bilan bog’liq. Foydadan baholashning asosiy ko’rsatkichi sifatida foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining ortishi, sifatning yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish unumining ortishi bilan asoslanadi. Shu bilan birga foydaning ahamiyati ortishiga amaldagi foydani taqsimlash tizimi ham sabab bo’ladi va unga ko’ra esa, korxonalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun hamda xodimlarni bajargan mehnati sifati va miqdoriga asosan moddiy rag’batlantirishga sarflanuvchi foydani oshirishga bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi.
Shu tariqa foyda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning o’z korxonasi erishadigan yuqori natijalardan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig’indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

    • bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;

    • asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan foyda;

    • korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda.

Korxona daromadi ikki ko’rsatkich, ya’ni mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanuvchi xarajatlarga bog’liq bo’ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif munosabatlari natijasida kelib chiqadi. Erkin raqobat sharoitlarida bahoni shakllantirish qonunlari asosida mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishiga ko’ra emas, balki avtomatik ravishda tartibga solinadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin