The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə96/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
The economy of enterprise

Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo’shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo’shimcha, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi

tsexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.


Qayta tiklash  bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski tsexlar o’rniga yangi tsexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va er tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda investitsiyalarning eng ko’p tarqalgan yo’nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni ham ko’zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko’rsatish mumkin.
Yangi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta tiklashga yo’naltiriluvchi kapital qo’yilmalar asosan quyidagi elementlardan iborat bo’ladi:

  • qurilish-montaj ishlari xarajatlari;

  • mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;

  • loyihaqidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.

Kapital qo’yilmalarning yuqoridagi turlari investitsiyalarning texnologik tuzilmasini tavsiflaydi. Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo’yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari - 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%, loyihaqidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin