Kapital qo’yilmalarning mulk shakliga ko’ra tuzilmasi bu, investitsiyalarning davlat, aktsiyadorlik, qo’shma, ijara va boshqa turdagi jamoa korxonalari o’rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo’yilmalardan foydalanish , shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, kaptil qo’yilmalarning samarali tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko’p foyda olishga tengdir.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishga sarflanuvchi xarajatlari o’rtasidagi o’zaro nisbatni ifodalaydi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash
Umuman olganda samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U saraflangan xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam va natijalar qanchalik ko’p bo’lsa, samaradorlik ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi butun ishlab chiqarish samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo’jalik faoliyatida investitsiyalarning iloji boricha ko’proq foyda, qaytim keltirishi asosiy vazifa qilib belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo’qotish, jamiyatning ilgarigi va hozirgi mehnatini yo’qqa chiqarishga olib kelishi mumkin.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash zarurati, qo’shimcha kapital qo’yilmalar kiritilishini talab qiluvchi yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi barcha hollarda yuzaga keladi. Ba’zan mahsulotlarning yangi turini ishlab chiqarish ham investitsiya va boshqa mablag’lar kiritilishini, demak, xarajat va natijalar nisbatini avvaldan baholashni talab qiladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda korxonalar ikkita vazifani hal qilishlari lozim:
birinchisi - kapital qo’yilmalarning qoplanish muddati va daromadliligi nuqtai nazaridan, eng maqbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha samaradorligini baholash;
ikkinchisi - mavjud ishlab chiqarishga ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baholash (qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va hokazo).
Birinchi vazifaning echimi mos keluvchi marketing tadqiqotlarini amalga oshirishni ko’zda tutib, bu tadqiqot davomida talab va undan kelib chiquvchi taklif, bozor segmentatsiyasi, bahoni shakllantirish strategiyasi, moliyalashtirish manbalari va boshqalar aniqlanishi lozim. Investitsion loyihani muqobillik asosida tanlagandan so’ng birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, texnik va boshqa qarorlarni, jumladan, muhandislik ta’minoti, atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha chora-tadbirlar tayyorlashishlari amalga oshiriladi.
Investitsion loyihani tayyorlash va shunga mos ravishda investitsiyalar samaradorligini baholash zarurati ko’p holarda yangi korxona, tsexlar qurish yoki mavjud ishlab chiqarishni qayta tiklash va kengaytirish bilan bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi nafaqat makonda, ya’ni ma’lum bir hududda, er maydonida, balki vaqtda amalga oshirilishi sababli, vaqt muddati loyihani amalga oshirish, jumladan, korxonani tashkil qilish (qayta tiklash, kengaytirish) hamda ekspluatatsiya qilish va tugatish muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda quyidagilar asosiy ko’rsatkich hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |