The economy of enterprise


Rentabellikning mohiyati va ko’rsatkichlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə90/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
The economy of enterprise

Rentabellikning mohiyati va ko’rsatkichlari

Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati va o’rni o’sib bormoqda. U korxona faoliyati va kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligining asosiy mezoni, korxona va xo’jalik yurituvchi tashkilotlarni baholashning sintetik ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.


Yangi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida yuqori moliyaviy natijalarga erishishga intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda.
Har qanday xo’jalik mexanizmi uchun asos bo’lib korxona faoliyatini rejalashtirish va unga ob’ektiv baho berish, ta’lim olish, mehnatga haq to’lash va iqtisodiy rag’batlantirish fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xarajat va natijalarni solishtirish ko’rsatkichlari xizmat qiladi.
Foyda korxona samaradorligining yagona va universal ko’rsatkichi emas.
Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko’rsatkichlari tizimi keng qo’llanib, unga ko’ra foydaning miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydi. Ular o’rtasida tenglikning yo’qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko’pincha turli yo’nalishlarda o’lchanishi dalolat beradi.
Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash ko’plab turli xil omillar ta’siri ostida amalga oshiriladi.
Rentabellik va foyda ko’rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlariga ta’sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish

zahiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin.




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin