Tahlil va natijalar
Pul mablag‘larini oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va menejerlar e’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Negaki, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektning qarshi tomon oldidagi majburiyatlari ham ortib boradi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va natijaviyligida salbiy holatlar kuzatila boshlaydi. Shu sababli, naqdlikni ta’minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim a hamiyat qaratilmog‘i lozim.6
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag‘iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida zarur bo‘ladi.
Korxonada pul oqimini tahlilidan shuni qayd etish lozimki, joriy davrda pul oqimining davr boshiga qoldigi 171.6 ming so‘mni, pul mablag‘lari kirimi (operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyatdan) 6 280 ming so‘mni, pul mablag‘lari chiqimi 5 983.3 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i 468.9 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘lari kirimi va chiqimida asosiy ulushni asosiy faoliyatdan daromad va xarajatlar, investitsion faoliyatdan xarajatlar tashkil etgan.7
To‘g‘ri usulda tahlil etishning imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlar asosida pul mablag‘larining kirimi va chiqimini hisoblashni nazarda tutadi. Ya’ni, joriy manbasi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasidagi axborotlar hisoblanadi. Pul mablag‘lari schyotidagi debet va kredit aylanmalari hajmi tahlilning zaruriy manbasi hisoblanadi.
Ijobiy holat – korxona faoliyatining va kelgusidagi rivojlanish strategiyasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining salbiy holati uzoq muddatli aktivlarga investitsiya kiritish holatlarida kuzatiladi. Bu holat samaradorligi va natijaviyligida strategik qarorlar to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, joriy davr bo‘yicha xarajatlarni ko‘paytiradi va kelgusi davrlar bo‘yicha pul tushumlarining oshishiga olib keluvchi holat sifatida baholanadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining sof harakatida ijobiy holat korxonaning kengaytirilgan faoliyatini tashqi manbalar hisobiga moliyalashtirilayotganligini bildiradi. Yuqoridagilarning aksi salbiy holatni ifoda etadi.8
Pul mablag‘larini egri usuldagi tahlili. Egri usulda pul mablag‘larini tahlil etishning axborot ta’minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi. Mazkur usulda pul mablag‘larining kirimida balans passivi moddalarining o‘sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag‘lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko‘payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi. Pul mablag‘lari ko‘payishida asosiy manba joriy davr foydasi va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.9
Pul oqimini omilli tahlilida koeffitsiyent usulidan foydalaniladi. Bu usul pul oqimini maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganishni talab etadi:
- sof pul oqimining etarliligi;
- sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi;
- olingan pul mablag‘larining rentabelligi;
- o‘rtacha pul qoldig‘ining rentabelligi.
XULOSA
Sub’yektning moliyaviy va investitsion faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning pul oqimlarini muvozanatlashning to‘g‘ri usuli ham, egri usuli ham deyarli bir xildir. Ushbu holat ta’sirida pul oqimlarini muvozanatlashtirishning turli variantlari bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar mazmuni sezilarli darajada yaqinlashadi. Asosiy farq faqat operatsion faoliyat mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishini aniqlashdan iborat. Odatda, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlari balans yoki hisob registrlarida ham ko‘rsatiladi. Lekin buxgalteriya hisobi umumdavlat bo‘lishi uchun ma’lumotlar hisob nomlari bilan emas, balki bitimlarning xususiyatlari bo‘yicha guruhlanishi kerak
Dostları ilə paylaş: |